Chaqaloqning badanidagi tuklari

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda Alloh bizga qiz farzand berdi. Farzandimmizni badan qismida tuklari bilan tug‘ildi. “Shu tuklarni to‘kish uchun kimdir turpoq sepish kerak” desa yana kimdur “chumoli  inidagi turpoqdan sepish kerak” deyapti. Shunga aniqlik kiritib beringlar iltimos. Dinimizda shu holatga qanday yo‘llari bor. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar shu ish foyda bersa, tuproq surtishning shar’an hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar