Boshqa dindagilar
Assalomu alaykum! Men bir xristian dinidagi odamni ko‘rdim. Ichmaydi, chekmaydi yaxshi odam. Diniga qattiq amal qiladi. Shunday odamlarni u dunyosi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular Allohni “uchta narsadan tashkil topgan” deyishadi. Bu esa Alloh taologa qilingan tuxmatdir. Shuningdek Iso alayhissalomni ham iloh deyishadi. Bu ham tuhmat. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi : لَّقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَآلُواْ إِنَّ اللّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ مِنَ اللّهِ شَيْئًا إِنْ أَرَادَ أَن يُهْلِكَ الْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُ وَمَن فِي الأَرْضِ جَمِيعًا وَلِلّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا يَخْلُقُ مَا يَشَاء وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 17. «Alloh – bu Masih ibn Mar¬yamdir», deganlar, batahqiq, kofir bo‘ldilar. Ularga: «Agar Alloh Masih ibn Maryamni, uning onasini va er yuzidagi barcha kishilarni halok etishni iroda qilsa, kim U Zotdan biror narsaga molik bo‘la olur? Holbuki, osmonlaru er va ularning orasidagi narsalarning podshohligi Allohnikidir. U nimani xohlasa, yaratadir. Va Alloh har bir narsaga o‘ta qodirdir», – deb ayt! Nasorolar Allohga bergan ahdlarida vafo qilmagan eng bosh masala – Allohning tavhidini qo‘yib, shirkka burilishlari edi. Ularning zalolatga ketishlarining asosiy masalasi shu bo‘lgan. «Alloh – bu Masih ibn Mar¬yamdir», deganlar, batahqiq, kofir bo‘ldilar». Aslida Iyso alayhissalom payg‘ambar bo‘lib, tavhidni, yakka ilohlikni olib kelgan edilar. U kishiga iymon keltirib, ergashganlar ham xuddi shu aqiydada edilar. Ammo vaqt o‘tishi bilan boshqa qavmlarning, xususan, butparastlik dinidagilarning nasroniylar diniga kirishi tufayli bu sof aqiydaga futur eta boshladi. Asta-sekin boshlangan ixtiloflar keyinchalik avj olib ketdi. Ba’zilari Iyso – Masih alayhissalomni Allohning payg‘ambari, deyishsa, boshqalari: «U Rasul bo‘lsa ham, Allohga alohida yaqinligi bor», – deyishdi. Uchinchilari esa: «U Allohning o‘g‘lidir», – deb da’vo qilishdi. Yana boshqalari: «U Allohning o‘g‘li bo‘lsa ham, maxluq emas, qadimdan bor», – deyishardi. Bunga o‘xshagan ixtiloflar juda ham ko‘paygan paytda 325 milodiy sanada ixtiloflarga chek qo‘yish maqsadida qirq sakkiz ming nafar diniy bilimdonlar ishtirokida «Nikiya kengashi» nomli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu kengashda ham xiloflar avj oldi. Oxiri butparastlik dinidan nasroniy diniga o‘tgan Rum imperatori Konstantin, o‘zi nasroniy dinidan bexabar bo‘lsa ham «Masih ibn Maryam xudodir» degan gapni mahkam tutdi va boshqa fikrdagilarni quvg‘in qilishga tushdi. Shunday qilib, butparastlik aqiydasi nasroniylikka o‘tdi. So‘ngra yana boshqa ixtiloflar kuchaydi. Masihiy dinining buzilishida vaqti-vaqti bilan chaqirib turiladigan «Muqaddas kengashlar» katta vazifani bajardi. Ko‘ngillari tusaganda bunday kengashlarni o‘tkazib, o‘zlariga mos qarorlarni chiqarib, mana shu din, deb yuraveradigan bo‘lishdi. Shu bilan birga, bu qarorlarga, xususan, Masih ibn Maryamni «xudo» deb e’tiqod qilish haqida chiqqan qarorga norozilar ham bo‘lgan. Iyso alayhissalom xudo emas, xudoning payg‘ambari deuvchi nasorolar hozirgi paytda ayniqsa, ko‘payib bormoqda. Eng qizig‘i – ular Iyso to‘g‘risidagi aqiydaning eng to‘g‘risi Qur’onda ekanini ham anglab etmoqdalar. Qur’oni Karim esa bu masalani oddiy mantiqni ishga solib, muolaja qilgan. Alloh Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob etib: «Ularga: «Agar Alloh Masih ibn Maryamni, uning onasini va er yuzidagi barcha kishilarni halok etishni iroda qilsa, kim U Zotdan biror narsaga molik bo‘la olur?..» – deb ayt», – demoqda. Javob, albatta, aniq: hech kim! Hech kim, hech qanday zot Allohning irodasiga qarshi chiqa olmaydi. Alloh taolo nimani xohlasa, shuni qiladi. «Holbuki, osmonlaru er va ularning orasidagi narsalarning podshohligi Allohnikidir». Uning O‘zi yagona Molik, yagona Xoliq, yagona Shoh. Shu jumladan, Masih ibn Maryam va uning onasiga ham Molik, Xoliq va Shohdir. Alloh taoloning irodasiga hech kim mone’ bo‘la olmaydi. «U nimani xohlasa, yaratadir. Va Alloh har bir narsaga o‘ta qodirdir». لَّقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ ثَالِثُ ثَلاَثَةٍ وَمَا مِنْ إِلَهٍ إِلاَّ إِلَهٌ وَاحِدٌ وَإِن لَّمْ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 73. «Albatta, Alloh uchtaning biridir», deganlar batahqiq, kofir bo‘ldilar. Yagona Ilohdan o‘zga hech qanday iloh yo‘q! Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini albatta alamli azob tutadir. Nasroniy dinidagilarning mantiqsiz, o‘zlari o‘ylab chiqargan, haqiqiy diniy ta’limotni buzib ko‘rsatadigan aqiydalaridan biri ushbu oyatda muhokama qilinmoqda. Ular: «Allohning tabiati bir-biriga teng uchta ko‘rinishdan – Ota xudo, o‘g‘il xudo va Muqaddas ruhdan iboratdir. O‘g‘il xudo, ya’ni Iyso vositasi ila butun maxluqot Ota xudoga ulashadi. Shu bilan birga, o‘zlarini tavhid aqiydasida ekanlarini da’vo qiladilar. Xuddi mana shu mantiqsizlik qadimdan nasorolar o‘rtasida turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan. Hozirgi kunda odamlarning masihiy dinidan chetlanishida ham xuddi shu sabab bor. Bir oz aqlini ishlatgan odam bu safsatani mutlaqo qabul qila olmaydi. Chunki sog‘lom aql dalolat qilgan narsa: «Yagona Ilohdan o‘zga hech qanday iloh yo‘q!» Bundan boshqa gapni aytib, buzuq e’tiqod qilib yurganlar botil fikrlaridan qaytmoqlari lozim: «Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini albatta alamli azob tutadir». Bu muqarrar narsa. Bo‘lajak alamli azobdan hamma tiriklik paytida qutulib olishi mumkin. Buning uchun: أَفَلاَ يَتُوبُونَ إِلَى اللّهِ وَيَسْتَغْفِرُونَهُ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 74. Allohga tavba qilib, Undan mag‘firat so‘ramaydilarmi?! Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. U Zot tavba qilganlarning tavbasini qabul etadi. U Zot istig‘for aytganlarning gunohini kechiradi. Fursat o‘tmasdan avval, buzuq aqiydalaridan qaytib, tavba qilsinlar, to‘g‘ri aqiyda bo‘lmish Islom aqiydasiga ishonsinlar va o‘tgan gunohlarini kechishini so‘rab, Allohga istig‘for aytsinlar. Iyso alayhissalom haqlaridagi to‘g‘ri e’tiqod quyidagicha bo‘ladi: مَّا الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ إِلاَّ رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ وَأُمُّهُ صِدِّيقَةٌ كَانَا يَأْكُلاَنِ الطَّعَامَ انظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ الآيَاتِ ثُمَّ انظُرْ أَنَّى يُؤْفَكُونَ 75. Masih ibn Maryam bir rasul, xolos. Undan oldin ham rasullar o‘tgan. Uning onasi esa siddiqadir. Ikkovlari ham taom er edilar. Ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qayoqqa o‘girilib ketayotganlariga nazar sol. Masih ibn Maryam kabilar yo‘q emas. Unga o‘xshashlar dunyoda ko‘plab o‘tgan. Shuning uchun payg‘ambarlik xususiyatlari ila oddiy odamlardan bir oz ajralib turishi unga ergashganlarni u haqida turli bo‘lmag‘ur aqiydalarni qilishga, hatto uni «xudo» deb da’vo qilishga olib bormasligi kerak. «Masih ibn Maryam bir rasul, xolos. Undan oldin ham rasullar o‘tgan». Masih ibn Maryamdan oldin o‘tgan ko‘plab payg‘ambarlarda ham payg‘ambarlik xislatlari, mo‘’jizalari va sifatlari bo‘lgan. Lekin ularni hech kim Xudo deb da’vo qilmagan. Chunki haqiqat o‘zi shu. Shuning uchun Masih ibn Maryamni ham Allohning payg‘ambari deb bilish zarur. «Uning onasi esa siddiqadir». Bibi Maryam binti Imron siddiqa, ya’ni Allohning aytganlarini, amru farmonini tasdiqlovchidir. Sodiq, pok bir bandadir. Bu kishini ham «ona Xudo» deb e’tiqod qilib bo‘lmaydi. Demak, Masih ibn Maryamni ham, uning onasi Maryam Siddiqani ham xudo deb e’tiqod qilish xatodir. Birgina dalilning o‘zi ularning aslida kim ekanliklarini ko‘rsatadi. «Ikkovlari ham taom er edilar». Bu oddiy haqiqat. Bu haqiqatni eng ashaddiy nasorolar ham inkor eta olmaydilar. Maryam kichikligidan – ota-onasidan tug‘ilganidan boshlab odamlar ichida o‘sdi. Eb-ichdi. Buni hamma ko‘rdi. Bu hol u kishi bu dunyodan o‘tguniga qadar davom etdi. Shuningdek, Masih ibn Maryam ham onasidan tug‘ilgandan boshlab ko‘pchilikning ichida bo‘ldi. Doimo taom tanovul qildi. Uni Alloh taolo O‘ziga ko‘targungacha shunday davom etdi. Buni ham hamma ko‘rdi. Endi o‘ylab ko‘rsinlar. Boshqa narsalarni bir yoqqa qo‘yaylik-da, ushbu oyatda kelgan eng oddiy dalilni – taomni olaylik. Taomga hojati tushuvchi odam Xudo bo‘la oladimi?! Ovqat emasa, qorni ochib, zaiflashadigan kishi Alloh bo‘lishi mumkinmi?! Hojatmandlik bandaga xos sifat. Shuningdek, taomga hojat tushishi, ovqat emasa, qorin ochishi, suv ichmasa, chanqash bandaga xos sifatlardir. Binobarin, hayotlari davomida taom eb o‘tgan Masih ibn Maryam va u kishining onalari Maryam Siddiqalar ham Alloh emas, Allohning bandalaridirlar. Bu juda ham oddiy mantiq. Hech qanday o‘ylab o‘tirishning hojati yo‘q. Ammo: «Ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qayoqqa o‘girilib ketayotganlariga nazar sol». Juda ham ajablanarli hol. Keyingi oyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, nasorolarning aqiydalari buzuqligiga yana bir hujjat keltiriladi: قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللّهِ مَا لاَ يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلاَ نَفْعًا وَاللّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ 76. Sen: «Siz uchun na zarar va na foydaga molik bo‘la olmaydigan Allohdan o‘zga narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir», – deb ayt. وَإِذْ قَالَ اللّهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ أَأَنتَ قُلتَ لِلنَّاسِ اتَّخِذُونِي وَأُمِّيَ إِلَهَيْنِ مِن دُونِ اللّهِ قَالَ سُبْحَانَكَ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِي بِحَقٍّ إِن كُنتُ قُلْتُهُ فَقَدْ عَلِمْتَهُ تَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِي وَلاَ أَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِكَ إِنَّكَ أَنتَ عَلاَّمُ الْغُيُوبِ 116. Esla, Alloh aytdi: «Ey Iyso ibn Mar¬yam! Sen odamlarga: «Meni va onamni Allohdan o‘zga ikki iloh qilib olinglar», – deganmiding?» U aytdi: «O‘zing pok¬san! Men haqqim yo‘q narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo‘lganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mendagi narsalarni bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sening O‘zinggina g‘ayblarni nihoyatda biluvchidirsan. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:55 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda