Arab tilini o‘qishni o‘rganmasdan namoz o‘qish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Men insholloh namoz o‘qishni boshlamoqchiman, lekin meni bir narsa qiynayapdi. Men hali oyat va duolarni to‘liq arab tilida to‘g‘ri talaffuz qilolmiman. Allohni inoyati bilan endi arab tilini o‘qishni boshladim, o‘rgangunimcha namozni boshlasam bo‘ladimi? Javobinggiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘rganguningnizgacha bilganingizdek o‘qiyverasiz, keyin qayta qazosini ham o‘qimaysiz. Hozirdan boshlang. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar