Shirk keltirishdan qaytarish
Assalomu alaykum! Yoshim 25 da. Kasallik vabo sabab ko‘p narsani tushundim dinimizni o‘rganishga qiziqish ortdi. 5 vaqt namoz o‘qishni boshladim alxamdulillax. Onam 13 yoki 14yildan buyon bomdod va xufton namozini o‘qib yurardilar. Karantinda uyda o‘tirganliklari uchun 5 vaqt o‘qishni boshladilar. Kur’on kitobni o‘qiydidar yani tarjtmasini. Aytishlaricha tog‘amga vaxiy kelib chillaga 40 kun o‘tqizgan ekan. Shu bilan u kishi odamlarni davolaydigan bo‘ldilar. Xamma opa singillariga qo‘l berdilar onamga xam. Olmasang bollaring o‘zing kasal bo‘lasan deganlar. Onam qo‘rqqandan qo‘l oldilar. Tog‘am momoshi qiladilar qo‘y Tovuq so‘yib kasal odamlani qonlab chiroq yoqib,davolaydilar. Qaytarma qiladilar. Xammasini sog‘lom bo‘lishi uchun qiladilar. Ular yomonlik yo‘lida qonlab issiq sovuq kabilar xech qachon qilmaganlar. Onam xam shu ishla bilan shug‘ullanadilar. Ko‘pchilik tuzalgan xam. Bizani bobolarimiz momolarimiz bor ular bizga yordam beradi davolashga deydilar. Onam bir joylari og‘risa tog‘amga telefon qiladilar tog‘am yuk olgansan desalar iltimos bobolarizni yuboring deydilar tog‘am yubordim xozi OLIB ketadi qiblaga qarab o‘tir deydilar. Shu bilan yoki yaxshi bo‘ladilar yoki yaxshi bulganlariga o‘zlarini ishontiradilar. Doktorga bormaydilar oshqozonlari og‘risa o‘zlarini jin duo bor manda deb qo‘llarini tiqib qustiradilar. Tog‘amga tel qilib qarangchi ketdimi deydilar. Tog‘amni bashorati doim to‘g‘ri deb ishonib nima bo‘lsa so‘raydilar. Doim u yoqqa borsam yuk olaman, bunisi bilan telda gaplashsam yuki o‘tadi. Anavini jin bosgan yaqinlashma unga u yoqqa borma buni uyiga kirma jin bosasan. Xullas shunaqa yashaydilar man xam avval shunga ishonib qonlatib yurardim o‘zimni . Keyin dinimizda bu narsa shirk ekanini eshitishim bilan tavba qilib bu ishlarni qildirmaslikka axd qildim. Onam san bilan gaplashsam boshim og‘riydi sani nimangdir bor deydilar. Yoq yaxshiman kur’on suralarini o‘qib yuraman desam. Qo‘l olmagansan yaxshi bo‘lmisan dedilar. Onamga bir kun bu mumkinmas tog‘amga doim katta pul berasiz shuncha qonlatasiz o‘zizni nima foydasi bor baribir yuk oldim deb yurasku desam rosa urshib berdilar. Ko‘nglimni og‘ritding shuncha payt sani davolagan odam xaqida shunay deding dedilar. Qaytib gapira olmadim. Mani shu savol qiynaydi naxot namoz o‘qib qur’on tarjimasini o‘qigan ODAM shirk bid’at xaqida bilmasalar. Bilsalarda tog‘amni chizgan chizig‘idan chiqmaydilar. Xuddi labirint ichiga kirib qolganlar uni yo‘li yo‘q ming qonlab chiroq yoqib davolansalarda yana o‘sha axvolga qaytadilar. Bizani olloh asraydi desam san o‘tirib xech nima qimay asraydi deganing bilan xarakat qimasang Bo‘lmaydi deydilar. Kur’on shifobaxsh kitob oyatal kursiy, falaq, an nos suralarini o‘qib o‘zizga dam solsangiz yetadi desam san yoshsan man qancha o‘qiyman foydasini bilmadim deydilar. Iltimos manga yordam bering onamni qanay qilib bu yo‘ldan OLIB chiqish mumkin? Olloh shirkni kechirmaydi deb eshitdim. Xar namozda Allohdan yolvorib yig‘lab so‘rayman onamni bu yo‘ldan olib chiq deb lekin o‘zim xam xarakat qib ko‘rmoqchiman. Lekin nima qilishni qanday qilishni bilmayman. Xafa qib qoyishni xam xoxlamayman. Chunki otam onamga ko‘p Zulm kilganlar onam biz uchun chidab ajrashmay yashaganlar ko‘p qiyinchilik ko‘rganlar. Shu uchun xafa qilishdan qo‘rqaman. Agar savolim uzun bo‘lsa uzr so‘rayman. Man yordamga muxtojman. Iltimos savolimni javobsiz qoldirmang. Oldindan javob uchun rahmat. Olloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz ham bilibsiz, tog‘angiz ham onangiz ham jinlar bilan aloqada ekan. ularga atab chiroq yoqish yoki boshqa ishlarni qilish shirk hisoblanadi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz ham bilibsiz, tog‘angiz ham onangiz ham jinlar bilan aloqada ekan. ularga atab chiroq yoqish yoki boshqa ishlarni qilish shirk hisoblanadi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar