Harom va nahs
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh taolo qilayotgan ishlarigizdan rozi bo‘lsin. Fozil qoriakaning bir ma’ruzalarida eshitib qoldim. Inson qilgan harom, Nahs ishlari tufayli umriga zoe bo‘lishi mumkin ekan. Ya’ni nahs o‘limga olib kelishi ham mumkin ekan deb tushundim. Sizlardan iltimos shu narsani kengroq yoritib bersangizlar. Nahs haqida ham tushuntirib berishingizni iltimos qilardim. Avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi : وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَى آمَنُواْ وَاتَّقَواْ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَاتٍ مِّنَ السَّمَاء وَالأَرْضِ وَلَكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذْنَاهُم بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ 96. Agar shahar-qishloq ahli iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta, ularga osmonu erdan barakotlarni ochib qo‘yar edik. Lekin ular yolg‘onga chiqardilar, bas, ularni kasb qilgan narsalari tufayli tutdik. Insoniyat ushbu oyati karimada bayon qilinayotgan oddiy va sodda haqiqatni tushuna olmayotgani g‘oyatda ajablanarli hol. Insonlarga osmon va zamindan barakot eshiklari ochilishi uchun birgina shart kifoya, ya’ni inson iymonli va taqvoli bo‘lishi lozim ekan. Ana o‘shanda unga osmonu zamindan barakotlar eshigi lang ochib qo‘yiladi. Chunki iymon insonni barakotli hayot yo‘liga boshlaydi. Chunki taqvo insonni farovon hayot yo‘liga soladi. Iymon bilan taqvo bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lganidek, barakot ham ularga bog‘liqdir. «Agar shahar-qishloq ahli iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta, ularga osmonu erdan barakotlarni ochib qo‘yar edik». Bu haqiqatga kattayu kichik – barcha insonlar har bir sohada guvoh bo‘lishlari mumkin. Insonlar haqiqiy iymon va taqvo sohibi bo‘lgan chog‘larida ularga barakotlar osmonlar va erdan ochib qo‘yilganiga tarix shohid. Shu o‘rinda barakot deganda, faqat oziq-ovqat, kiyim-kechak va moddiy farovonlikkina ko‘zda tutilmasligini ham eslatib qo‘yishimiz lozim. Albatta, bu narsalar ham barakot tizimiga kiradi. Lekin moddaparastlar o‘ylaganlaridek, barakot faqat shulardagina emas. Xuddi shu moddiy hodisalar haqida gapirsak ham, iymon va taqvo barakotning asosi ekanini isbotlash oson. Iymonli va taqvodor shaxsni hamda iymonsiz betavfiq kimsani ko‘z oldingizga keltiring. Ba’zi hollarda daromadi o‘ta chegaralangan bo‘lishiga qaramay, iymonli va taqvodor shaxsning egani o‘ziga osh bo‘lib, bola-chaqasi bilan farovon turmush kechirayotganiga guvoh bo‘lamiz. Iymonsiz va betavfiq kishi esa daromadi hisobsiz bo‘lsa ham, etkaza olmay, o‘zini turli harom-xarish yo‘llarga urib yurganini kim ko‘rmagan?! Xuddi shu o‘rinda ayrimlarda «Iymon va taqvo barakotning asosi bo‘lsa, nega voqe’likda musulmonlarni qashshoqlik va nochorlikda, kofirlarni esa farovonlik va ayshu ishratda ko‘ryapmiz?» degan savol paydo bo‘lishi turgan gap. Avvalo, musulmonlar haqiqiy iymon va chinakam qur’oniy taqvo talablariga to‘la javob bera olmayotirlar. Agar ayrim shaxslarda iymon va taqvo shartlari mujassam bo‘lsa ham, iymon va taqvo talablariga jamoat shaklida javob berish imkoni yo‘q. Musulmonlar Alloh tomonidan kelgan haq dinga, Qur’onga, shariatga sohib bo‘la turib, iymon va Islom hamda taqvodan shunchalar uzoqlashib ketganlarki, ular qilgan va qilayotgan ishlar oldida bugungi ko‘rayotgan jafolari ham oz. Ikkinchidan, kofirlarning farovon holati faqat bir taraflama, xolos. Avvalgi oyatda zikr qilinganidek, hozirgi davr Alloh ularga yomonlik holatini yaxshilik holatiga almashtirib qo‘ygan davrdir. Qolaversa, kofirlar farovon turmush uchun omil qilib qo‘yilgan moddiy sabablarni vujudga keltirganlar. Ularning iymon va taqvolari bo‘lmasa ham, ushbu moddiy farovonlik sohasida iymonli va taqvodor shaxslardan talab qilinadigan ilm, jahd, tirishqoqlik, qattiq mehnat va izlanish kabi xislatlarni kasb qilib olganlar. Qani endi, bu farovonlik egalari iymon keltirib, taqvo qilsalar edi, mukammal barakot ichida yashar edilar. Ammo, afsuski, bunday qilmadilar: «Lekin ular yolg‘onga chiqardilar, bas, ularni kasb qilgan narsalari tufayli tutdik». Allohning «tutishi» o‘ziga xos bo‘lib, turlicha va turli vaqtlarda sodir etiladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). “Kitabuzzuhd”da imom Ahmaddan bir rivoyatni keltiriladi : قال أحمد في كتاب الزهد : أنا الله ، إذا رضيت باركت ، وليس لبركتي منتهى ، وإذا غضبت لعنت ، ولعنتي تدرك السابع من الولد “Alloh taolo : “Men Allohman, qachon rozi bo‘lsam barakotni yog‘dirib yuborman. Holbuki barakotimning cheki yo‘qdir. G‘azab qilsam, la’natlayman. La’natim etti pushtga etadi” deganlar. Ibnul Qoyyim rahmatullohi alayh o‘zlarining “Al-Javabul kaafiy” nomli kitoblarida : “Gunohning kasofatlaridandir, u umrning barakotini, rizqning, amalning, ilmning, toatning barakasini o‘chiradi. Umumiy qilib aytganda u din va dunyoning barakasini o‘chiradi. Allohga osiy bo‘lgan kishi umri, dini va dunyosida baraka topmaydi. Er yuzidan ham xalqning gunohi tufayli baraka ketgan. Alloh taolo “A’rof” surasi 96-oyatida : “Agar shahar-qishloq ahli iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta, ularga osmonu erdan barakotlarni ochib qo‘yar edik” deb marhamat qilgan. “Jin” surasi 16-oyatida : “Va agar ular to‘g‘ri yo‘ldan yursalar, albatta, Biz ularni mo‘l suv ila sug‘oramiz” degan. Albatta gunohi tufayli erishadigan rizqidan mahrum bo‘ladi. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Jabroil alayhissalom qalbimga ilhom qilib aytdiki : “Biror nafs rizqini to‘la olmagunicha vafot topmaydi. Allohga taqvo qilinglar va chiroyli yo‘l bilan talab qilinglar. Allohning huzuridagi narsaga toat bilan erishiladi. Albatta Alloh taolo qalb xursandchiligi va rohatni O‘zi rozi bo‘lgan ish va iymonda qildi. G‘am anduhni shak va g‘azabini keltiradigan ishlarda qildi” dedi” deganlar” deb yozgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar