Azondan so‘ng o‘tirish

Assalomu alaykum! Ushbu hadisni kengrok yoritib bersangizlar! Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bilolga:
«Ey Bilol, qachon azon aytsang, azoningni shoshilmay, cho‘zib ayt. Qachon iqoma aytsang, tezlab ayt. Azoning bilan iqomang orasida, taom eyuvchi taomidan, sharob ichuvchi sharobidan, qistanib qolgan qazoi hojatdan forig‘ bo‘lguncha vaqt qo‘y», deganlar».
Termiziy rivoyat qilgan. Ishxonada azon aytgan va namoz vaqti chiqayotgan  bo‘lsa, u holatda nima qilish kerak? Ko‘p yoshi ulug‘ insonlarni shoshgan paytda azonni aytib, so‘ngra iqomaga turganliklarini ko‘raman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu masjidlardagi jamoat bilan o‘qiydigan kishilarga tegishli. Ko‘pchilikning rioyasini qilingani uchun. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar