Ushbu hadisda nima nazarda tutilmoqda?

Assalomu alaykum! 1001 hadis kitobida bir hadis o‘qiganim bor edi. Uning taxminiy ma’nosi "Tez yurmanglar, tez yurganlar xunuklashib qoladi" degandek edi. Saytning hadislar bo‘limini o‘qib chiqdim, bu haqdagi savolni uchratmaganim bois, siz aziz Ustozlarga murojaat qilishga qaror qildim. Ushbu hadisda aynan qanday "xunuklashish" nazarda tutilmoqda? Javobingiz uchun tashakkur.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz "Tez yurmanglar, tez yurganlar xunuklashib qoladi" degan hadisni bilmaymiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar