Imomi Shofe’iy xaqlaridagi xadis

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xadis borakan. Abdulmuttolib urug‘idan bir odam chiqadi, dunyoni ilmga to‘ldiradi degan. Shu xadis xaqida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ma’noda hadislar kelgan, ammo uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imom Shofe’iy haqlarida degan joyi yo‘q. روي عن أبي هريرة عن النبي محمد أنه قال: «اللهم اهد قريشاً فإن عالمها يملأ طباق الأرض علماً، اللهم كما أذقتهم عذاباً فأذقهم نوالاً»، ودعا بها ثلاث مرات، قال عبد الملك بن محمد أبو نعيم: هذه الصفة لا تنطبق إلا على الشافعي رضيَ الله عنه.[113] وقيل: فأجمعت الأمة على أن هذا في الشافعي رضيَ الله عنه، فما خرج من قريش فقيهٌ وإمامٌ يبلغ علمُه جميعَ البلادِ والأكنافِ والأطرافِ، يمناً وحجازاً وشاماً وعراقاً والثغور وخراسان وما وراء النهر إلا الشافعي رضيَ الله عنه.[114]
وروي عن الإمام أحمد بن حنبل أنه قال: إذا سئلت عن مسألة لا أعرف فيها خبراً، قلت فيها بقول الشافعي رضيَ الله عنه، لأنه إمامٌ عالمٌ من قريش، وقد رُوي عن النبي صلَّى الله عليه وسلَّم أنه قال: «عالم قريش يملأ الأرض علماً».[113]
 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Allohim qurayshni hidoyat qil, chunki undan chiqqan olim er yuzini ilmga to‘ldiradi” deb uch marta duo qilganlar. Abdulmalik ibn Muhammad Abu Nu’aym bu hadisda kelgan sifatlar Shofe’iy rahmatullohi alayhga muvofiq keladi – deganlar. Bu ummat bu hadisda Shofi’iy rahmatullohi alayhga ishora bor deb ijmo qilganlar. Chunki qurayshdan u kishi kabi etuk olim, faqih imom chiqmagan. Uning ilmi ko‘p joyga etadigan darajada bo‘lgan. U kishi kabi ilmi taralgan olim quroyshdan boshqa chiqmagan deyilgan. ahmad ibn Hanbal “Agar mendan o‘zi bilmagan masala haqida so‘ralsam Shofe’iy rahmatullohi alayhning so‘zlarini aytaman, chunki u kishi quroyshdan bo‘lgan olim, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan “Qurayshlik bir olim erni ilmga to‘ldiradi” degan hadis rivoyat qilingan” deganlar. Bu narsa “Tabaqoti Shofe’iy” va “To‘rt imomning martabalari” kitoblarida ham rivoyat qilingan. Abu Nu’aym va Xatib Bag‘dodiylar ham shunga o‘xshash rivoyat qiltirishgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 142 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar