Nogiron, etim va keksalar haqqini eyish

Assalom alaykum! Alloh ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin. Men ikki yil oldin bankda pensiya va nafaqa tarqatish bo‘limida ishlaganman. Biz tarqatadigan summalar yaxlit holda bo‘lmaydi masalan nogironlik uchun 292940 so‘m shu holda biz 940 so‘mni egasiga bermaganmiz. Bir kunda 100 kishiga pul tarqatsak 1000 so‘mdan kam bo‘lgan anchagina pul yig‘ilib qolardi haligacha shu pullar birovnikiligi meni o‘ylantiradi. Savolim shundan iboratki shu qilgan ishimning shariatimizdagi hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz birovning haqqini egansiz. Ular orasida etimlar, balog‘atga etmaganlar bo‘lgan. Ularni egalarini topib berish zimmangizga vojib. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ  Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar