Qarz beruvchining sharti

Assalomu alaykum! Yaqinda bir do‘stimdan mashina olish uchun  5.500 qarz so‘ragandim. Qarzni qaytarish muddatini ham kelishib oldik.  11 oy 500 dan. Do‘stim rozi bo‘ldi va “ Sen mashinani topaver hal qilib beramiz” dedi. Bir oylarda 7.500ga lasetti topdim. 2.000 va oformleniya uchun pul o‘zimda bor edi. Do‘stim mashinani markasini eshitib “lasetti olmaysan, boshqa mashina bo‘lsa mayli, bo‘lmasam yo‘q” dedi. Hayron bo‘lib nega degan savolimga, “Pul meniki shartni ham men qo‘yaman” dedi. Savolim shuki do‘stimning qilgan ishi to‘g‘rimi? Javobingizda ozgina bo‘lsa ham izohlab bersangiz. Sizga oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’an bunday shart qo‘yishiga haqqi yo‘q. Lekin sizning holatingizni e’tiborga olib do‘stona maslahat bergan bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:10 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar