Plastik karta xususida

Assalomu alaykum! Men plastik kartamdagi pulni naqd qilish uchun tanishimni do‘konidan 80 blok ichimlik sotib olib, baraka qildim va uning o‘ziga arzonroq narxda qaytib sotdim. Bu holatda plastik kartamdagi pulimni naqd qildim. Qilingan harakatimni hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi hadisga tushishini umid qilamiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم اسْتَعْمَلَ رَجُلًا عَلَى خَيْبَرَ، فَجَاءَهُمْ بِتَمْرٍ جَنِيبٍ، فَقَالَ: أَكُلُّ تَمْرِ خَيْبَرَ هَكَذَا؟ فَقَالَ: إِنَّا لَنَأْخُذُ الصَّاعَ مِنْ هَذَا بِالصَّاعَيْنِ، وَالصَّاعَيْنِ بِالثَّلَاثَةِ، فَقَالَ: لَا تَفْعَلْ، بِعِ الْجَمْعَ بِالدَّرَاهِمِ ثُمَّ ابْتَعْ بِالدَّرَاهِمِ جَنِيبًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini Xaybarga vakil etib tayinladilar. Bas, u yaxshi xurmo keltirdi. «Xaybarning hamma xurmosi shundaymi?» deb so‘radilar. «Biz bundan bir so’sini ikki so’ga va ikki so’sini uch so’ga olamiz», dedi vakil. «Unday qilma! Yomonini dirhamga sotib, yaxshisini dir¬hamga sotib ol», dedilar u zot». Sharh: Bu rivoyatdan ma’lum mintaqaga moliyaviy ishlar bo‘yicha vakil tayin qilish kerakligi anglashilmoqda. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xurmoni xurmoga almashtirish ribo bo‘lganligi uchun bir navini sotib, uning puliga bosh¬qa navdan sotib olish kerakligini vakilga uqdirmoqdalar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:10 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar