Haq yo‘ldamizmi?

Assalomu alaykum! 125 . Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda munozara qil. Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o‘ta bilguvchidir.
Avvalo, da’vat «Allohning yo‘liga» bo‘lmog‘i kerak . Ba’zi shaxslarga, guruhlarga emas, xolis Allohning yo‘liga bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, da’vat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda da’vat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasini e’tiborga olib, og‘ir kelmaydigan yo‘sinda da’vat qilish lozim. Uchinchidan, da’vat yaxshi mav’iza orqali yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak. Kishilarni qiziqtirish uchun chiroyli gaplarni topib gapirish zarur. Ularni nafratlantirmaslik lozim. To‘rtinchidan, kishilar bilan «go‘zal uslubda munozara qilish» kerak. Allohning yo‘liga da’vat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara bo‘lishi turgan gap. Islom da’vatchisi munozarani g‘oyatda go‘zal uslubda olib borishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir-chaqir, urush-janjal etmasdan, uning tab’iga yo‘l topib, unga qanoat hosil qildirib, o‘zi sezmagan holda Islomga moyil bo‘lib qoladigan ustalik bilan munozara olib borishi lozim. Beshinchidan, da’vatchi o‘z vazifasi da’vat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bog‘liqligini hech qachon unutmasligi kerak.
Bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlagin. («Hidoyatga boshlash» lug‘atda biror narsaga lutf bilan yo‘llab qo‘yishga aytiladi). Islomga yangi kirgan g‘ayridinning hamma gunohi kechirilganligi kafolatlangan. Men mo‘minman, men o‘zimni to‘g‘ri yo‘lda ekanligimni nima kafolatlaydi?
Balki men o‘limidan oldin itga suv bergan fohishadan yomondirman, balki yaxshi. O‘sha fohisha butun umr osiy va fosiqlikda hayot kechirgan bo‘lsa ham, u yo‘lga tushib olgani uchun Alloh undan rozi bo‘ldi.
Men qaerdan bilaman o‘zimni shu yo‘lda ekanligimni?
Ikki xil holat mavjud menda, ba’zi oyatlarni o‘qisam o‘zimga do‘zax chiptasini beraman. Ba’zi oyatlarni o‘qisam jannat chiptasini. Men fohishachalik yomon emasdirman. Ammo nima kafolatlaydi men ertaga haq yo‘lda o‘lishimni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’on va hadisda kelgan hukmlarga amal qilsangiz Alloh va Uning rasuli to‘g‘ri yo‘lda ekanligingizga kafil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:10 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar