"Farzandni momolar beradi" deb ishonish
Assalomu alaykum! Mening qaynonam ko‘p yillardan beri namoz o‘qiydilar. Bir kuni ular ayollar "momolar"ga sig‘inishi kerak, chunki farzandni ayolga momolar beradi dedilar. Ularga atab xudoyi, is iqarilishi kerak deb qoldilar. Ochig‘i, bu borada uncha tushuncham yo‘q. Shunga dinimizda bu masalada nima deyilganini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda ba’zilar o‘zlaricha momolar degan xudochalar yasab olib “Alloh bermayotgan bo‘lsa momolar yo‘lingizni ochadi, farzand ham ko‘rasiz, baxtingizni ham ochadi, turmushga ham chiqaradi, berk yo‘llaringizni ham ochib beradi, ishlaringiz yurishib ketadi” kabi gaplarni tarqatishadi. Bobolarim, momolarim deganlari jinlar bo‘ladi. Bu kabi gaplardan ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunki bu gaplar odamni dindan chiqaradi. Alloh taolo "Shuuro" surasida marhamat qiladi: لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَخْلُقُ مَا يَشَاء يَهَبُ لِمَنْ يَشَاء إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَاء الذُّكُورَ أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا وَيَجْعَلُ مَن يَشَاء عَقِيمًا إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ 49. Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir. U Zot xohlagan narsasini yaratur. U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur.
50. Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir.
Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida ko‘rinadi. Ayni shu masalada inson o‘zining ojizligini xis etadi. O‘z xohishiga ko‘ra biron narsani bor qila olmasligini, balki doimo Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj bo‘lib turishini anglab etadi.
«Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir».
Osmonlarda va erda nimaiki bo‘lsa, hamma-hammasi Alloh taoloning mulkidir.
«U Zot xohlagan narsasini yaratur».
Bu ishda U Zotning xohishiga hech kim to‘siq bo‘la olmaydi. Butun borliqning Moliki – egasi va mutlaq Xoliqi bo‘lgan o‘sha Zot O‘z mulkidan xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradi. Jumladan, farzand berish masalasida ham
«U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur».
Agar o‘g‘il yo qiz farzand ko‘rish ota-ona xohishiga ko‘ra bo‘lganida, ushbu oyatlar nozil bo‘layotgan paytdagi johiliy arablarda qiz farzand bo‘lmas edi. Chunki ular qiz farzandni yoqtirishmasdi. Hatto qizlarini tiriklay ko‘mib ham tashlashardi. Holbuki, ba’zilar faqat qiz farzandlar ko‘rishadi, o‘g‘il farzandga zor bo‘lib yurishadi. Bu hol farzand faqat Allohning xohishi bilan o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini bildiradi.
«...va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur».
Faqat o‘g‘il farzandlar ko‘rib, Allohdan qiz so‘rab yurgan odamlar ham oz emas.
«Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur…»
Aralash farzandlar ko‘rish odamlar ichida ko‘p tarqalgan holatdir.
«...va xohlagan kishisini tug‘mas qilur».
Bundaylar ozchilik bo‘lib, Alloh taolo ibrat uchun, farzand odamlarning xohishi bilan emas, Allohning xohishi bilan bo‘lishini ko‘rsatish uchun shunday qilib qo‘ygan.
«Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir».
Albatta, Alloh o‘ta biluvchi va o‘ta qodir Zotdir.
Hamma narsani bilib qiladi. Jumladan, kimga qiz, kimga o‘g‘il, kimga o‘g‘il-qiz berishni yoki kimni tug‘mas qilishni ham O‘zi biladi. Bu ishlarga Uning qudrati etadi.
Endi duolari ijobat bo‘lgan, Alloh taoloning eng muqarrab bandasi bo‘lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa quyidagicha duo qilar edilar. عَنْ وَرَّادٍ مَوْلَى الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَتَبَ الْمُغِيرَةُ إِلَى مُعَاوِيَةَ إنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا فَرَغَ مِنَ صَلَاتِهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، اللَّهُمَّ لَا مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلَا مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلَا يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhuning mavlolari Varrod roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Mug‘iyra Muoviyaga:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozlaridan forig‘ bo‘lib, salom bersalar:
«Laa ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr. Allohumma la mane’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jaddu», der ekanlar», deb xat yozdi».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir. Allohim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Sen man qilgan narsani beruvchi yo‘q. Sendan bo‘lgan iqobni qaytaruvchi yo‘q».
Ko‘pchilik kishilar ushbu nabaviy duoni yodlab olib, o‘qib yuradilar. Bilmaganlar uni yodlab olsalar, yaxshi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 148 | Islam