Ota-onalarimiz haqiga qanday duo qilinadi
Assalomu aleykum. Bilamizki itiģfor banda gunohlarini kechirilishini umid qilib bajariladigan ibodatdir.savolim shuki boshqa insonlar uchun ham istiģfor aytsa bòladimi? Biz farzandlar ota onamiz uchun istiģfor aytsak bòladimi, bòlsa qanday aytiladi òzimiz uchun aytganday aytaveramizni ota onamiz uchun niyat qilib yoki boshqacha aytiladimi ilitimos agar bòlsa òqilishi bilan yozing(arab tilini bilamaydiganlar uchun)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’oni karimda ota-ona haqqiga qanday duo qilishni ta’limini berib, “Isro” surasida quyidagicha marhamat qilgan: وَقَضَى رَبُّكَ أَلاَّ تَعْبُدُواْ إِلاَّ إِيَّاهُ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا إِمَّا يَبْلُغَنَّ عِندَكَ الْكِبَرَ أَحَدُهُمَا أَوْ كِلاَهُمَا فَلاَ تَقُل لَّهُمَآ أُفٍّ وَلاَ تَنْهَرْهُمَا وَقُل لَّهُمَا قَوْلاً كَرِيمًا 23. Robbing faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka etsalar, bas, ularga «Uff», dema, ularga zajr qilma va ularga karamli so‘z ayt!
Oldingi oyatda Allohga shirk keltirishdan qaytarilgan bo‘lsa, bu oyatda yagona ma’budga – Alloh taoloning O‘zigagina ibodat qilishga amr etilmoqda. Undan so‘ng, bevosita ota-onaga yaxshilik qilish buyurilmoqda.
«Robbing faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi».
Bu Allohning bandalariga amri, buyrug‘i, farmonidir; bu bandalarning ixtiyoriga tashlab qo‘yilgan ish emas. Xohlasa qilib, xohlamasa qilmaydigan havaskorlik ham emas. Qarib, hech narsaga yaramay qolganda yuzlanadigan ko‘ngil xohishi ham emas. Bu amr Alloh taoloning qat’iy va o‘zgarmas buyrug‘idir. Bu buyruqni bajarish har bir bandaning burchidir.
Allohning ibodatidan keyingi keladigan ish ota-onaga yaxshilik qilishdir. Bu ham Allohning amri. Alloh taolo o‘ziga ibodat qilishga chaqirgan amrdan keyin, shu jumlaning davomida ota-onaga yaxshilik qilishni ta’kidlamoqda. Bu ikki hukmning bir oyatdagi bir jumlada bayon qilinishining o‘ziyoq Islomda ota-onaning haqqi qanchalik ulug‘ ekanini ko‘rsatadi.
«Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka etsalar, bas, ularga «Uff», dema».
Bu jumlaning «uff» so‘ziga bog‘liq ikki xil ma’nosi bor. Bir ma’nosi – «Ota-onaga yomon so‘z aytib, behurmat qilma», degani bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi – «Ota-onang oldida «Uff», dema, ular «Bolam og‘ir holga tushibdi», deb ozorlanadilar» deganidir.
«...ularga zajr qilma va ularga karamli so‘z ayt!»
Ota-onangga hech bir ozorni ravo ko‘rma! Qanday yaxshi so‘z bo‘lsa, o‘shani ota-onangga ravo ko‘r! وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا 24. Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», – deb ayt.
Farzand ota-onaning huzurida o‘zini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi. U butun mehrini xokisorlik ila ota-onasiga poyandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga, doimo ularga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab, duo qilib turishi lozim.
Ota-onani hurmatlash, e’zozlash masalasida hech bir tuzum yoki tarbiya vositasi Islomga teng ham, yaqin ham kela olmaydi. Ota-onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi to‘g‘risidagi oyatlar va hadislar bu borada dunyo tarixida misli ko‘rilmagan oliymaqom narsalar ekani ma’lum va mashhurdir. Xususan, bu oyat va hadislarni, ilohiy ko‘rsatmalar va islomiy hikmatlarni hayotga tatbiq qilgan musulmonlarning ota-onalariga ko‘rsatgan yuksak ehtiromlari va fidoyiliklariga tarix shohiddir.
Hofiz Abu Bakr Bazzor Burayda roziyallohu anhudan, u kishi o‘z otalaridan qilgan rivoyatda quyidagilar keltiriladi:
«Bir odam ziyoratda onasini ko‘tarib yurib, tavof qildirayotgan ekan. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan:
– Onamning haqqini ado qildimmi? – deb so‘rabdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
– Yo‘q, bir oh tortishining haqqini ham ado qilganing yo‘q, – degan ekanlar». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar