tush tabiri xakida

Assalomu aleykum Xazrat! Bir birodarim , tush masalasidagi Xadis va Xayet kitobini okib chikib -ozi korgan tushi xakida –sizdan sorab berishimni iltimos kilgan edi, iltimos masalaga oydinlik kiritib, kolingizdan kelganicha uni tabir kilib bersangiz. «Assalomu aleykum ustoz Shayx xazratlari!Bundan chamasi 17-18 kun oldin ya’ni 2012 yil 02 yanvar kuni bir tush kurgan edim, iltimos shuni ta’birini aytib bering. Uzim xakimda kiskacha ma’lumot bersam : mening eshim 22da xali uylanmagan yigitman. Bolaligimdan xozirgi paytgacha shariat buyurgan amallarni kulimdan kelgancha bajarishga xarakat kilaman. Xozirda tayinli ishim yuk shu sababli bekorchiman.Shu kunlarda uylanish niyatida ibodatdagi muslima kizlarni surishtirib yuribman. Tushim kuyidagicha: Kunduz kuni emish xovlimizga chikib osmonga karasam, shunda kuzim bir nechta sargish kizil rangdagi Lochinlarga tushdi. Ular juda pastlab uchishar edi, men yanada anikrok kurish maksadida xovlimizning pasidagi soyga tushib kuzata boshladim, lochinlar janub tarafdan birin-ketin juda kup bulib uchib kelishardi. Ular men turgan soyning ustiga kelib xavoda aylanishib bir tÿp bulishdi va mening uyim tomon uchib borib uyimizning ustiga Xumo kush shaklida shunday tizilishdiki natijada uyimizga 10-15 baravar kattalikdagi juda xam chiroyli kush osmonda xosil buldi. Lochinlardan tashkil topgan Xumo kushining boshi Garb tomonga karab kanot ezib turar edi, ya’ni uyimizga paralel xolda. Men usha damda lochinlarning uyimiz ustida bunday tuzilishini xech xam kutmagan edim. Shu sabab juda xayratda koldim. Kishlogimizdagi odamlar xam kuchalarga chikib Lochinlar xosil kilgan Xumo kushini tomosha kilishardi. Ularning menga juda xavas kilib turishar edi.Shu payt uygonib ketdim, tushumdagi Lochinlar tuzilib xosil kilgan Xumo kushi ozimizning davlat gerbdagi Xumo kushiga uxshar edi. Tushimni ertalabga yakin va juda anik kurdim. » Assalomu aleykum va raxmatulloxi va borakatux!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men tush ta’bir qilmayman.

29 Aprel 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar