Gunohkorlarga nisbatan nafrat

Assalomu alaykum! Men ko‘p hollarda atrofimdagi do‘stlarimni namozni ochiq oydin tark qilayotganlarini ko‘rib qolaman. Ba’zilari sunnatni tark qilib faqat farz o‘qishadi, ba’zilari esa dunyoviy sabablar tufayli jumaga chiqishmaydi. Shunda ularga nisbatan ichimda nafrat uyg‘onadi. Nega men ular bilan birgaman, ular menga ibrat maktabi bo‘lishi kerak emasmi? Men tanlagan yo‘l boshqa deb, ulardan uzoqlashgim keladi. O‘zimdan iymoni kuchlilar bilan do‘stlashib, ularni tark qilgim keladi. Bu osiylarni ichida odam o‘zini farishta hisoblab yuraveradi. Na o‘sish bor, na rivojlanish. Osiylik, munofiqlik va fosiqlikni ko‘rganda qanday qilib qalbimdagi nafratga qarshi kurashsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ilm o‘rganib ularni ham to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga harakat qiling. Allohdan hidoyat qilishini so‘rang. Siz o‘ylagan kamolot ularni noto‘g‘ri yo‘lda tashlab ketishda emas, balki o‘zingiz bilan to‘g‘ri yo‘lda etaklab ketishdadir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:20 | Savol-javoblar | 149 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar