Erkakcha kiyinish

Assalomu alaykum! Bir qiz so‘rayaptiki, «Men sportga qiziqaman va shug‘ullanaman. Yoshligimdan yurish-turishim, kiyinishim o‘g‘il bolalarnikidek. Qizlar kiyimi menga o‘ng‘aysiz va xatto yarashmaydi ham. Ammo o‘zim chin qalbimdan namoz o‘qishni xohlayabman va boshlamoqchiman. Namoz vaqti ayollar libosida ibodat qilib, qolgan vaqtlar o‘g‘il bolacha kiyinib yursam, gunoh bo‘lmaydimi?» Men unga bu noto‘g‘riligini aytishga harakat qildim, lekin gapim malol kelib namoz o‘qimay qo‘yishidan cho‘chib turibman. Uning o‘zi sizlardan so‘rab berishimni iltimos qildi. Maslahat bering!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni boshlayversin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar