Avtoulovlarni to‘xtatish odoblari

Assalomu alaykum! Ba’zi xaydovichlar avtoulovlarini bilib bilmasdan to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirganliklarini, ba’zilari esa tor ko‘chalarda boshqa avtoulovlarning o‘tishiga noqulay tarzda yo‘lni to‘sib qo‘yganligini guvohi bo‘lamiz. Bu holatda ham boshqa insonlar haqqi poymol bo‘lgan hisoblanadimi? Bunday paytda o‘sha noqulaylik etkazgan xaydovchilar gunohkor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday qilish kishilarning haqqlarini poymol qilish bo‘lib, harom amal hisoblanadi. ابن عمر أن رسول الله - صلى الله عليه وسلم - قال: ((سبع مواطن لا تجوز فيها الصلاة: ظهر بيت الله، والمقبرة، والمزبلة، والمجزرة، والحمام، وعطن الإبل، ومحجة الطريق))23رواه ابن ماجة Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ettita joyda namoz o‘qishdan qaytarganlar. Ka’abaning tepasida, qabristonda, axlatxonada, qushxonada, hammomda, tuyaning qo‘rasida va yo‘lning o‘rtasida". Ibn Moja rivoyati. عن ابن عباس رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: اتقوا الملاعن الثلاث، قيل: ما الملاعن يا رسول الله؟ قال: أن يقعد أحدكم في ظل يُسْتَظلُّ به أو في طريق أو في نقع ماء Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Uchta la’nat keltiradigan ishdan saqlaninglar” dedilar. Shunda ular “Yo rasullulloh la’nat keltiradigan ishlar nima” deyildi. U zot : “Birortangiz soyalanadigan joyga, yo‘lga va suv chetiga o‘tirmoqligingiz(hojat chiqarmoq)” dedilar". Imom Ahmad rivoyati. Fuqaholarimiz yo‘lni to‘sib, janoza namozini o‘qishni makruh deydilar. Holbuki janoza o‘qish farz ekanligi hammamizga ma’lum. Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh “Odamlarni yo‘lni to‘sib o‘qilgan janoza, namoz bo‘lmaydi” deganlar. Ya’ni masjidning ichida joy bo‘la turib, mayyitni yo‘lga qo‘yib o‘qish. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar