Shanba kuni sinalganlar

Assalomu alaykum! Yoshligimda shanba kuni sinalganlar haqida eshitgandim. Iltimos shu haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shanba kuni haddan oshgan yahudiylar Iyla nomli joyning yahudiylari edilar. Shanba Banu Isroilning muqaddas kunidir. Ular o‘sha kuni dam olib, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib, dunyoni yodga olmaslikka ahdu paymon berishgan. Alloh taolo ularni sinash uchun xuddi o‘sha kuni ularga yaqin joydagi suv havzasida baliqni ko‘paytirib qo‘ydi. Boshqa kunlari baliq uncha ko‘p ko‘rinmas edi. Ushbu masalada ham ular xiyonat qildilar, hiyla o‘ylab topdilar. Shanba kuni baliq ko‘payganda, ularni dengizdan ajratib olish uchun hovuzlar qilib, o‘shalarga kirgan baliqlarni qamab olib, boshqa kuni ovlaydigan bo‘ldilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Qo‘shimcha ma’lumotlarni saytimiz "Izlash xizmati"dan foydalanib topasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:23 | Savol-javoblar | 188 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar