Qo‘shimcha daromad
Assalomu alaykum! Bir do‘stim so‘rab berishimni iltimos qilgan edi. U bir davlat korxonasida ishlaydi. Unga ba’zida qo‘shimcha ish yuklatilar ekan. Uning korxonasiga eski mijozning loyihasi yoqmay, boshqa bir loyihachi firmani topish vazifasi yuklatilgan. U firmalar o‘ziga jalb qilish uchun “Agar bizga ish bersangiz, biz sizga daromaddan ulush chiqarib beramiz” der ekan. U bir firmani eski loyihachiga nisbatan ancha arzonga gaplashibdi. Do‘stimning hamkasbi xo‘jayinga firmachilarning gapini aytganda “Menga farqi yo‘q, asosiysi arzon va sifatli qilib bersa bo‘ldi” debdi. Shu ulushni do‘stim olsa halol bo‘ladimi? Yana bir vaziyat. Agar firmachi do‘stimga beradigan ulushni asosiy pulga qo‘shib hisobda ko‘rsatib yuborsa(bu erda ularning niyati haqida gap ketyapti, buni do‘stim bila olmaydi ham), bu uning daromadiga ta’sir qilmaydimi? Bunday vaziyatda nima qilish kerak bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday qilish yaxshi emas. Olgani ham halol bo‘lmaydi. U kishiga o‘z ishini puxta bajaradigan va sifatli ishlaydigan firmani topish zimmasiga vojib bo‘ladi. Shu qiladigan ishi uchun u maosh oladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:28 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat