Aka-ukaning savdoda kelishuvi

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni yoshim 19da. Ukamni yoshi 14da. Meni xunarim bor. Ukam va men birgalikda uyda mahsulot ishlab chiqarib, uni do‘konlarga beramiz. Ukam menga qarashadi va ko‘p xizmatlarimni qilgani bois, “foydaning uchdan biri senniki” deb aytganman (va’da berganman). Ammo ko‘pincha bir-birimizga pul berib, hisoblamaymiz. Ya’ni, agar men unga pul bersam, foydani uchdan biri emas, balki undan ko‘prog‘i o‘tib ketishi mumkin. Yoki men undan pul olsam, ukamga foydani uchdan biri emas, balki undan kam tegishi mumkin.
Ustozlar, men ham, ukam ham rozi bo‘lib, aka-ukani o‘rtasida qarz bo‘lmaydi, deb foydani hisoblamasdan o‘z ehtiyojlarimizdan kelib chiqib, ishlatib yursak bo‘ladimi? Nima qilsak, to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har biringiz olishda ham, berishda ham o‘z hisobingizni aniq qilib olsangizlar to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 129 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar