Savdoda narx belgilash

Assalomu alaykum! Men savdo bilan shug‘ullanaman. Olib kelib sotadigan tovarimni xammasini nasiyaga tarqataman. Pulini xaridorlarim o‘zlariga qulay vaqtda 20 kundan 1 oy mudlatgacha avans yo oyliklaridan berishadi. Tovarga narx belgilayotganimda shularni xisobga olishim kerakmi yoki yo‘qmi? Keyingi savolim. Bozordan tovar olganimda pachkada olaman. Sotuvchi pachkani ichida o‘n dona deb aytgan narxiga sotadi man xam aytgan pulini berib oldim. Lekin uyga kelib sanasam 11 ta chiqsa xukmi qanday bo‘ladi. Man uchun xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hisobga olsangiz bo‘ladi. 11ta chiqsa ortig‘ini qaytarib berasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar