Qiyomda qo‘l bog‘lash

Assalomu alaykum! Mazhabga qarab namozda qiyom holatida qo‘l turlicha bog‘lanadi. Aynan bizning hanafiy mazhabida qo‘lning bog‘lanishi haqida, uning hikmati va boshqa mazhablardan farqlari haqida ma’lumot beringlar, iltimos. Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqida ko‘p va xo‘p gapirildi. Hikmatini Alloh taolo biladi. Savol: Ayrim birodarlarimizning aytishicha, namozda qo‘lni kindik ostida tutib turishga hech qanday sahih dalil yo‘q ekan. Imom Abu Hanifa buni o‘z ra’ylariga qarab qilgan emish. Ayting-chi, shu gaplar qanchalik rost (yoki yolg‘on)? Iloji bo‘lsa, sahih dalillarni bizga ham bildirsangiz. Siz meni noto‘g‘ri tushunmang, men sizdan dalil so‘rayotganim yo‘q. Sizning «Shunaqa sahih dalil bor» degan gapingiz biz uchun etarli. Lekin ana o‘sha gapni qilayotgan birodarlarimizning gaplari xatoligini ko‘rsatish uchun va qaytib bunaqa gaplarni tarqatmasliklari uchun ularga ko‘rsatish (bildirish) maqsadida so‘rayapman, xolos. Sizni zahmatga qo‘yganimiz uchun uzr. JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz o‘sha odamlardan ham aytgan gaplariga hujjat so‘rang. Ular yo‘q deganlari bilan aslida bor narsa yo‘q bo‘lib qolmaydi. Hanafiy mazhabi hujjatsiz hukm chiqarmaydi. وَقَالَ عَلِيُّ  رَضِي اللهُ عَنْهُ: السُّنَّةُ وَضْعُ الْكَفِّ عَلَى الْكَفِّ فِي الصَّلَاةِ تَحْتَ السُّرَّةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ Ali roziyallohu anhu: «Sunnat – namozda kaftni kaft ustiga qilib kindikning ostiga qo‘yib turishdir», dedi». Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan. Ushbu rivoyat hanafiy mazhabida tatbiq qilingan. Buni boshqa ko‘pchilik ulamolar ham qo‘llaganlar. Vallohu a’lam.(“Ixtiloflar,s abablar, echimlar” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar