Umraga oid savollar
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlaringizga Robbimiz yordam bersin! Umra ibodatiga oid savollarim bor edi: Umraning tavofini betaxorat qilsa, nima bo‘ladi?
2. Exromdagi kishi grippdan saqlanish maqsadida tibbiyot niqobi bilan burni va og‘zini yopib yursa bo‘ladimi?
3. Exromdagi kishi tishlarini tish pastasi bilan yuvsa bo‘ladimi? Javoblar uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Umra uzoq borsa ikki soatda ado bo‘ladigan amal. Joiz emas deyilgan ishlardan saqlanishga bemalol imkon bor. Tahoratsiz holda umraning tavofini ado etish betahorat umraning tavofini ado etsa, tahoratsizligi hayz yoki nifos, yoki junublik yoki oddiy holdagi tahoratsizlik bilan bo‘lsin umraning tavofini qilsa, tavofi ado topaveradi. Qasddan qilgani uchun gunohkor bo‘lib, zimmasiga qo‘y yoki echki so‘yish vojib bo‘ladi. Agar bularning barchasidan pok bo‘lganidan keyin, tahoratlik holida tavofni qaytadan qilsa, jarima qurbonligi soqit bo‘ladi. ولو طاف للعمرة كله او اكثره او اقله ولو شوطا جنبا او حائضا او نفساء او محدثا فعليه شاة لا فرق فيه بين الكثير والقليل والجنب والمحدث لانه لا مدخل في طواف العمرة البدنة ولا للصدقة بخلاف طواف الزيارة وكذا لو ترك الاول منه ولو شوطا لزمه دم ولو اعاده سقط عنه الدم Umraning tavofini barchasini, ko‘pini yoki ozini, garchi bir aylana bo‘lsa ham junub, hoiza, nufaso yoki tahoratsiz holda bajarsa zimmasiga qo‘y so‘yishi vojib bo‘ladi. Bunda ko‘p, oz, junub yoki tahoratsizlikning farqi yo‘q. Chunki shariatda yuqoridagi suratda umraning tavofida tuya yoki molni qurbonlik qilish, sadaqa qilish belgilanmagan. Tavofi ziyoratning aksi o‘laroq. Chunki unda hoiza, junub bir tavofni bo‘lsa ham tark qilsa, unga qon lozim bo‘ladi. Agar uni pok bo‘lgach qaytarib ado etsa, bo‘ynidan qon soqit bo‘ladi. 2). Ehromdagi kishi bir kun ehromdan chiqmagan holatda yuzni to‘rtdan birini berkitib yurishi qonni vojib qiladi – deyilgan. Bundan ozida sadaqa qilish vojib deyilgan. Umrada ehromning o‘zi yarim kunga cho‘zilmaydi. 3). Tish pastasiga aralashtirilgan xushbo‘ylik miqdori ko‘p bo‘lmasa va uni taom kabi pishirilmagan bo‘lsa ehrom holatida iste’mol qilish makruh bo‘ladi, lekin sadaqa ham qurbonlik ham vojib bo‘lmaydi. Odatda tish pastalarida shunday bo‘ladi. Ulamolar buni fiqhiy kitoblarda zikr qilingan quyidagi masalalarga qiyos qilganlar. “G‘unyatunnosik” kitobida bir ehromdagi kishi ko‘pgina xushbo‘y narsalarni iste’mol qilsa, u og‘zining ko‘p qismiga tekkan bo‘ladi. Bu bilan qon vojib bo‘ladi. Bu hech narsaga aralashtirilmagan va pishirilmagan holatdagini eganning hukmidir. Agar u(jambil, rayxon, zanjabil) kabilarni taomga solib pishirsa xushbo‘ylik hukmidan chiqib taomga aylangani uchun hech narsa vojib bo‘lmaydi – degan qavlga qiyos qilishgan. Odatda tish pastalarga aralashtirilgan xushbo‘ylik oz bo‘ladi. (Fatavoi rahimiyya). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar