Tashahhuddan oldingi takbir

Assalomu alaykum!  Mo‘minning me’roji kitobini o‘qib turugandim savol paydo bo‘lib qoldi. Avval namozni boshqa kitob asosida o‘rgangan edim, keyin xato qilmadimmi deb so‘ramoqchi edim. Ikkinchi rak’atdan keyin «Allohu akbar» deb o‘tirgan holda tashahhud o‘qir edim, keyin qiyomga turishada hech narsa aytmasdan turardim. Shayx Hazratlarining kitoblarini o‘qib ko‘rsam, unda ikkinchi rak’atda tashahhuddan keyin qiyomga turayotib ham «Allohu akbar» deyish kerak ekan. Shunga o‘ylanib qoldim, tashahhuddan oldin «Allohu akbar» aytiladimi yoki tashahhuddan turayotgandami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki holatda ham aytiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 133 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar