Birovning mulkini ruxsatisiz ishlatish

Assalomu alaykum! Jiyanim bu savolni berishni iltimos qildi, aytishicha otasi shahardan uning uyi yonidan uy olgan, ammo o‘zi viloyatda turadi, jiyanim norozi bo‘lsa ham eri qaynotasining uyiga ota onasini, ukasini va boshqa qarindoshlarini o‘sha uyga vaqtincha yotib turish uchun kiritar ekan va buni mumkin deb o‘ylar ekan, jiyanim qo‘ymang, otam bilsa xafa bo‘ladilar desa ham xafa bo‘larmish, hatto ish janjalgacha borayotganmish, u uydan eri va erining qarindoshlari ruxsatsiz xohlaganicha foydalanayotgan ekan, jiyanimning otasi ham o‘z uyidan boshqalarning bunaqa foydalanishini bilsa qattiq xafa bo‘lishi, hatto munosabatlar buzilishi ham mumkin ekan. Jiyanim boshida erining ota onasi uchun eri so‘raganida bir marta yo‘q deyolmay bergan, ammo bu qilgan ishiga pushaymon, arosatda qolgan. Shu ishni hukmini javob tariqasida saytga qo‘yishlarizni iltimos qilyapti, zora eri o‘qib, xatosini tushunib, bu ishidan qaytsa degan umidda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birovning uyidan uy egasining ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Shunday qilsa o‘zganing haqqiga tajovuz qilib harom ishga qo‘l urgan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 18:01 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar