Zam suraga qiroat qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar qilayotgan xizmatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin va ajrini to‘liq qilsin. 1). Bir inson “Namozda zam sura qiroat qilinganida musxaf tartibi bo‘yicha birin-ketin o‘qish kerak, orada bir surani tashlab ketib bo‘lmaydi ikki yoki undan  ko‘p o‘tkizib o‘qish kerak. Masalan Fil, Kavsar suralar. Keyin namozning oxirgi rakatiga Falaq surasini o‘qisa Nas surasi qolib ketmasligi uchun ikkisini qo‘shib o‘qish kerak” dedi. Bu gap qanchalik to‘g‘ri?
2). Zam suraga qiroat qilingan suraning 1 oyati qolib ketsa o‘rtasidami yoki oxiridami namozning oxirida sajdai sahv vojib bo‘ladimi?
3). Birinchi rak’atga bir suraning avvalini ikkinchi rak’atga o‘rtadagi oyatlarni qoldirib oxirini qiroat qilsa bo‘ladimi? Misol uchun Kahf 1-10..101-110? Barcha xizmatlar va yordamlar uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Keyingi gap noto‘g‘ri. 2). Vojib bo‘lmaydi. 3). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 13:21 | Savol-javoblar | 178 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar