Ism xaqida

Assalomu alaykum! Dinimizda Muqaddas ismi joizmi? Agar mumkin bo‘lmasa bu ismdagi ayollar ismlarini o‘zgartirishlari kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muqaddas so‘zi muborak va barakotli degan ma’nolarini anglatadi. Bu joiz ismlardan. Alloh taolo “Moida” surasida : يَا قَوْمِ ادْخُلُوا الأَرْضَ المُقَدَّسَةَ الَّتِي كَتَبَ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَرْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِكُمْ فَتَنقَلِبُوا خَاسِرِينَ۝ 21. Ey qavmim, Alloh sizga bitgan muqaddas zaminga kiring. Ortingizga qaytmangki, ziyon ko‘ruvchilarga aylanib qolursiz». Bunda Alloh taolo erni shunday ta’riflagan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar