Muxlislik

Assalomu alaykum! Men bir erda quyidagi narsani o‘qib qoldim.
Avvalo Muxlis kalimasi haqida: Bu so‘z arab tilidagi axlasa yuxlisu fe’lidagi Ixlosni masdari, ya’ni Ixlos qiluvchi! Xo‘p, endi Ixlos bu – barcha amallarni faqat Alloh uchun qilish, Allohga sheriklarni aralashtirmay ajratish demakdir. Muxlislik, ixlos qilishlik, sheriklardan poklash faqat Alloh ta’olo uchungina bo‘ladi. Falon kanal muxlisi, falonchini muxlisi, falon kamandani muxlisi, degan iboralar to‘g‘ri emas! Ixlos maxluqlar uchunmas, Xoliq bo‘lgan Alloh uchundir, Muxlislik ham faqat Robbul alamiynga bo‘ladi!
Alloh o‘ziga Muxlislik qilishga chaqirib, Qur’onda Baqara surasi 139-oyatda marhamat qiladi: Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning o‘z amallarimiz bor, sizning o‘z amallaringiz bor. Va biz Unga Muxlismiz»— Shu erda keltirilgan fikrlar to‘g‘rimi? Nima bizlar siz aziz ustozlarga, shayximizga (Alloh rahmat qilsin) yoki saytlaringizga nisbattan ushbu «Muxlis» kalimasini ishlatishimiz to‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson olimlarga bo‘lgan muhabbatini ham xolis Alloh uchun qilgani sababidan ham muxlis deb ataladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 129 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar