Bemor kishi
Assalomu alaykum! Men 1-2 kun oldin muzlatilgan suv ichgandim tomog‘im va boshim og‘ridi. Shundan keyin uydagilar qo‘yarga-qo‘ymay aroq ichishimni qistashdi va “bu sen uchun foydali, nafas yo‘lingdagi mikroblarni daf qiladi” dedilar. Keyin men ichdim. Endi buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! قَالَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم : بَادِرُوا بِالْأَعْمَالِ فِتَنًا كَقِطَعِ اللَّيْلِ الْمُظْلِمِ يُصْبِحُ الرَّجُلُ مُؤْمِنًا وَيُمْسِي كَافِرًا أَوْ يُمْسِي مُؤْمِنًا وَيُصْبِحُ كَافِرًا يَبِيعُ دِينَهُ بِعَرَضٍ مِنْ الدُّنْيَا . رواه مسلم Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Tim qorong‘u kecha bo‘lagi kabi fitnalar kelishidan oldin solih amallarni qilib qolishga shoshilinglar.(u kunlarda) kishi mo‘min holatda tong ottirib, kofir holatda kech kirtiradi. Yoki mo‘min holatda kech kirtirib, kofir holatda tong ottiradi. Dinini dunyoning arzimas matosi evaziga sotib yuboradi” deganlar. Muslim rivoyati. Ulamolar fitnalarni turlicha bo‘lishini aytib, “ulardan ba’zisi shahvatga berilishdir” deganlar. Inson tomoq og‘riq kabi dardga ham aroq ichaversa, yuqoridagi kabi holatga duch kelib qolsa iymonini sotib yuborishdan ham tap tortmay qoladi. Mo‘min kishi bunchalikka bormaslik kerak. Allohga astoydil tavba qiling, “qabul bo‘lmas ekan” deb namozni to‘xtatib qo‘ymang. O‘qiganingiz uchun farz zimmangizdan soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom