savob va gunoh
Assalomu alaykum! Bilamizki inson voyaga etmay turib gunoh yozilmaydi. Lekin voyaga etmay turib qilgan savoblari nima bo‘ladi? Inson qilayotgan barcha ishlari harakatlariga savob yoki gunoh yoziladimi yoki ba’zi bir na savob va na hunoh bo‘ladigan ishlar ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Balog‘atga etmagan bolalarning qilgan gunohlari uchun gunoh yozilmaydi. Savob amallariga kelsak, albatta yaxshi amallarining savobiga ega bo‘lishadi. Balog‘atga etmasidan avval iymon keltirsa, iymoni e’tiborga olinadi. Ba’zi bir eb-ichish va uxlash kabi amallar muboh sanalib, ibodatni niyat qilsa savob oladi, niyat qilmasa qorni to‘ygani qolib, savob yozilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:39 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda