Masjiddan chiqib salomlashib duo qilish
Assalamu alaykum! Bomdod namozini o‘qib bo‘lgandan so‘ng masjid hovlisida hamma qator bo‘lib, ko‘l berib salomlashib va duo qilishadi. Shu ish to‘g‘rimi? Bir kishidan eshitdimki sahobalar bunday qilishmagan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu bid’at. Ibni Obidiyn rohimahulloh “Roddul muxtor” kitobining “Ta’qiq va ruxsatlar” bobida quyidagilarni keltirganlar.
“Tabyinul mahorim” kitobida “Multaqot”dan naql qilib keltiriladi : “Har qanday holatda namozdan keyin qo‘l berib ko‘rishish makruh hisoblanadi. Chunki sahobaikrom roziyallohu anhumlar namozni ado qilganlaridan keyin qo‘l berib ko‘rishmas edilar. Qolaversa bu odat “Rovafiz”larning odatidir”. Shofi’iy mazhabidagi etuk olimlardan bo‘lgan ibni Hajar Asqoloniy rohimahulloh “Namozdan keyin qo‘l berib ko‘rishish bid’at bo‘lib, shariatda uni hech qanday asli yo‘qdir. Bunday qiluvchini birinchi bor ogohlantiriladi, ikkinchi bor ta’zir beriladi”. Molikiy mazhabining etuk olimlaridan bo‘lgan ibni Xoj “Madhal” degan kitobida “Bu amal bid’at bo‘lib, shariatimizda, musulmon birinchi bor birodariga yo‘liqqanida qo‘l berib ko‘rishadi, namozlardan keyin emas. Shariat belgilagan narsani qilib, qaytarganidan qaytish kerak. Chunki bunda sunnatga xiloflik bordir” deganlar. Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 135 | Duolar