Qarz masalasidagi subutsiz odam

Assalomu alaykum! Bir tanishim haqida yaxshi fikrda edim, mendan qarz oldi. Qariyb bir yildan buyon har xil bahonalar bilan cho‘zib keladi. Orada hashamatli to‘y qildi, yana boshqa ishlari bo‘ldi. Endi men qarzimni qistay boshlaganimda bildimki bu odam boshqa umumiy do‘stlarimizga ham qarz masalasida ehtiyotsizlik qilib ozor bergan bor ekan. Shunday holatda men uni bilganlarga, o‘sha qarz olgan odamni oldindan ogohlantirgan holda, boshqalarga ham shu ehtiyotsizligi haqida aytsam joizmi? Boshqalar ham ozor ko‘rmasin va bu qarz olayotgan odam agar iffati bo‘lsa uyalsin degan niyatda? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aytishingiz shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar