Milodiy yil
Assalomu alaykum! Iso alayhissalom tug‘ilganlaridan boshlab shu paytgacha milodiy yil deb kelinadi. Iso alayhissalom o‘lganlari yo‘qmi? Nima sababdan milodiy yil Iso alayhissalom tug‘ilgan yildan boshlangan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Niso” surasi 157-158-oyatida marhamat qiladi: وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَكِن شُبِّهَ لَهُمْ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُواْ فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلاَّ اتِّبَاعَ الظَّنِّ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا «Biz Allohning rasuli Masih Iso ibn Maryamni o‘ldirdik», – deganlari uchun. Holbuki, uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham. Lekin ularga shunday tuyuldi. U haqda ixtilofga tushganlar uning o‘limidan shakdadirlar. U to‘g‘risida ularning bilimlari yo‘q, magar gumonga ergasharlar. Uni aniq o‘ldirmaganlar.«Biz Allohning rasuli Masih Iso ibn Maryamni o‘ldirdik», – deganlari...» Aslida yahudiylar Iso alayhissalomni payg‘ambar deb tan olmaganlar. Bu erdagi «Allohning rasuli» deyishlari istehzo va masxara uchundir. Ular Iso alayhissalomni o‘ldirganliklarini da’vo qiladilar. Lekin bu quruq da’vo, xolos. Haqiqatni esa Qur’oni Karim bayon qiladi: «Holbuki, uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham. Lekin ularga shunday tuyuldi». Yahudiylarning Iso alayhissalomga suiqasd qilganlarining qissasi ma’lum va mashhur. Bu qissani buyuk tafsirchilardan Ibn Kasir rahmatullohi alayhi quyidagicha rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Iso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila payg‘ambar qilib yuborganida, yahudiylar u zotga berilgan payg‘ambarlik va mo‘’jizalarga hasad qildilar. U kishi ko‘r bo‘lib tug‘ilganlarni va peslarni davolar, o‘likni Allohning izni ila tiriltirar, loydan qushning shaklini yasab, unga puflasalar, Allohning izni ila qush bo‘lib uchib ketar edi. Alloh u kishini shunga o‘xshash ko‘pgina mo‘’jizalar bilan qo‘llab-quvvatlagan edi. Yahudiylar esa u kishini yolg‘onchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga o‘tdilar. Hattoki Allohning payg‘ambari Iso alayhissalom ular bor joyda turmaydigan bo‘ldilar. Ko‘pincha onalari bilan birga sayohatda yurishga majbur bo‘ldilar. Yahudiylar bu bilan kifoyalanib qolmadilar, u zotni o‘sha davrdagi Damashqning podshohiga chaqdilar. Podshoh yulduzlarga sig‘inadigan mushriklar toifasidan edi. Uning millatiga «yunon» deb nom berilgan edi. Yahudiylar unga: «Baytul Maqdisda bir odam chiqib, kishilarni fitnaga solmoqda, adashtirmoqda va fuqarolarni podshohga qarshi qo‘ymoqda», – deb xabar etkazdilar. Bundan podshohning g‘azabi chiqdi. Baytul Maqdisdagi noibiga mazkur odamdan ehtiyot bo‘lish, uni osib, boshiga tikan qo‘yib, uning sharridan odamlarni saqlash farmonini berdi. Maktub Baytul Maqdisning voliysiga etib kelganida, u farmonni bajarishga otlandi. Bir toifa yahudiylar bilan Iso alayhissalom turgan joyga bordi. U kishi o‘zlariga yaqin kishilar bilan birga edilar. Ularning soni o‘n ikki yoki o‘n uch yoki o‘n ettita edi. Bu voqea juma kunidan shanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Yahudiylar ularni qamalga oldilar. Yoki ular bosib kirishadi, yoki o‘zlari ularning oldiga chiqishlari kerak – bundan boshqa iloj qolmaganini anglab etgan Iso alayhissalom sheriklariga: «Qay biringizga mening tusim o‘tsa, o‘sha odam jannatda men bilan birga bo‘ladi», – dedilar. Bir yosh yigit bu ishga tayyorligini bildirdi. Uni xiyol yosh sanadilar, yuqoridagi gapni ikkinchi, uchinchi bor takrorladilar. Har safar faqat haligi yigit o‘zining tayyorligini bildirdi. Iso alayhissalom: «Sen o‘shasan!» dedilar. Alloh taolo u yigitni Iyso alayhissalomning tusiga kiritdi. Tomning shiftidan bir tuynuk ochildi. Iso alayhissalomni mudroq oldi. Shu holda osmonga ko‘tarildilar. U zot ko‘tarilganlaridan keyin sheriklari tashqariga chiqdilar. Yahudiylar qorong‘ida haligi yigitni Iso deb o‘ylab, ushlab, osdilar va boshiga tikan qo‘ydilar». Ammo ishga bu bilan nuqta qo‘yilgani yo‘q. Asosiy ixtiloflar aynan ushbu voqeadan so‘ng boshlandi. Ta’kidlanganidek, hodisa kechaning qorong‘isida, to‘s-to‘polonning ichida bo‘lib o‘tdi. Ko‘p narsalar noaniq qoldi. Shuning uchun: «U haqda ixtilofga tushganlar uning o‘limidan shakdadirlar». Avvalo, hodisada ishtirok etganlarning o‘zlari ixtilofga tushdilar. «Agar o‘ldirilgan Iso bo‘lsa, u bilan birga yurgan odam qani? Agar o‘ldirilgan birga yurgan odam bo‘lsa, Iso qani?» – dedilar bir-birlariga. Lekin, baribir o‘likni osib qo‘yib, «Biz Isoni o‘ldirdik», – deb maqtanib yuraverishdi. Nasorolar bo‘lsa, ba’zilari bu gapga ishondi, ba’zilari: «Iso o‘lganidan keyin ko‘mildi. Ammo uch kundan keyin yana tirildi», – deyishdi. Lekin hammalarining gapi ham asossiz gaplardir. Bu narsa oyatning so‘ngida yana bir bor ta’kidlanadi: «U to‘g‘risida ularning bilimlari yo‘q, magar gumonga ergasharlar. Uni aniq o‘ldirmaganlar». «Xo‘sh, o‘ldirmaganlari aniq bo‘lsa, unga nima bo‘lgan?» degan savolga kelasi oyatda javob keladi: بَل رَّفَعَهُ اللّهُ إِلَيْهِ وَكَانَ اللّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا Balki Alloh uni O‘ziga ko‘tardi. Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir. Mo‘min-musulmonlarning Iso alayhissalom haqlaridagi aqiydalari ushbu va boshqa oyatlardan hamda sahih hadisi shariflardan olingan. Unda hech qanday noaniqlik, shubha yoki gumon yo‘q. Hammasi aniq. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 168 | Siyrat va tarix