Nomozi qabul bo‘lmaydiganlar haqida hadis
Assalomu alaykum! Bir xadis eshitdim manbasini topolmadim yordam berib yuborsangiz: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, uch kishini nomozi qabul bo‘lmaydi xo‘jaynidan qochib ketgan qulning nomozi, erini norozi qilgan ayolni nomozi, imomki xalq uni suymayapdi. Shunaqa xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, bor. عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ثَلَاثَةٌ لَا تُجَاوِزُ صَلَاتُهُمْ آذَانَهُمُ: الْعَبْدُ الْآبِقُ حَتَّى يَرْجِعَ، وَامْرَأَةٌ بَاتَتْ وَزَوْجُهَا عَلَيْهَا سَاخِطٌ، وَإِمَامُ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uch kishining namozlari quloqlaridan yuqori ko‘tarilmaydi: xojasidan qochgan qul, toki qaytib kelmagunicha, erini (nohaq) g‘azabnok qilgan xotin va qavmi yomon ko‘rgan imom», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Demak, namozi qulog‘idan ko‘tarilmaydigan, ya’ni qabul bo‘lmaydigan kishilarning toifasi uch xil bo‘lar ekan.
1. «Xojasidan qochgan qul».
Qulning xojasidan qochishi katta ayb hisoblangan. Buning orqasidan turli yomon oqibatlar kelib chiqqan.
Islomda qul bilan xojaning orasidagi aloqalar o‘zaro tushunish, hamkorlik va qullikdan ozod qilishdan savob topish asosiga qurilganligi ma’lum. Shuning uchun xojasidan qochgan qulning namozi o‘z ixtiyori bilan qaytib kelmagunicha qabul bo‘lmaydi, deyilgan.
2. «Erni (nohaq) g‘azabnok qilgan xotin».
Er-xotin orasidagi aloqa ham nozik ekanligi hammaga ma’lum. Bu aloqalar shariat hukmiga binoan, o‘zaro bir-birini hurmat qilish, har bir taraf o‘z burchini ado etib, bir-birlarining hurmatlarini qozonish asosida bo‘ladi. Muslima ayol doimo erining roziligini olib yurishi kerak. Uning g‘azabnok holga tushishiga sabab bo‘lishi yaxshi emas. Chunki bu ko‘plab yomon oqibatlarga olib keladi. O‘z xotinidan g‘azabnok bo‘lgan odam har narsa qilishi mumkin. Shuning uchun ham bunday xotinning namozi qabul bo‘lmaydi.
3. «Qavmi yomon ko‘rgan imom».
Qavm o‘z imomini axloqi, amallari yoki namozi yaxshi emasligi uchun yomon ko‘rishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida musulmonlar ichida turli kelishmovchilik, tushunmovchilik va fitnalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun dinida, taqvosida va axloqida nuqsoni bor kishi imom bo‘lmagani ma’qul. Qavmi haqli ravishda yomon ko‘rib qolgan imom, namozi qabul bo‘lmay yurganidan ko‘ra, tezroq imomlikdan ketgani ma’qul. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar