Muboh amallar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men muboh amallarni ham ajr savobga aylantirish mumkin ekanini eshitib qoldim. Ya’ni ovqat eyishda, ibodat uchun kuch to‘playman deb, uxlashda esa yaxshi amallarni qilish uchun uxlab dam olaman deb, savob umid qilib, amal qilinsa bo‘ldi ekan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Bir amaldan savob hosil bo‘lishi uchun avvalo shariatga muvofiq bo‘lishi, ikkinchidan xolis Alloh uchun bo‘lishi shart qilinadi. Odat bilan ibodatning orasidagi farq, niyat qilishdadir. Barcha odat qilingan yaxshi amallarni ibodat deb qilsa, savob oladi, niyat qilmasa savob olmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p hadislarida : “Kim ehtisob qilsa”, ya’ni "o‘sha qilgan amalidan savobni umid qilsa" deganlar. Demak amalni o‘zini qilish kifoya qilmay, undan savobni ham umid qilish kerak bo‘ladi. Tahonaviy rahmatullohi alayh “Xutubot”larida bir hikoyani keltiradilar. Unda : “Bir ulug‘ zot yangi uy qurgan shogirdining uyiga mehmonga kelib, devordagi yorug‘lik tushib turgan tuynukni ko‘rib, “Bu tuynukni nega qo‘yding” deydidilar. Shogird : “Yorug‘lik tushib tursin degan niyatda qo‘ydim” deb javob berdi. Ustoz : “Afsus, mehnat va harajat. Agar “Namoz vaqti kirganini va Azonni eshitish uchun” deb niyat qilganingda, modomiki tuynuk o‘z joyida turar ekan, niyatinga yarasha savobga ham ega bo‘lar eding, yorug‘lik ham tushib turar edi” degan ekanlar”. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 183 | Ibodatlar