Raqqoslar

Assalomu alaykum! Meni sizga beradigan bir nechta savollarim bor edi.
1). Yoshligida to‘ylarga chiqib raqqoslik qilib yurgan ayol bor edi. U ayol ishini keyinchalik tashlagan, oilasi ham yo‘q va 50 yoshlar atrofida qandli diabetdan vafot etgan. Benamoz musulmon edi. U kishi uchun Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rasam bo‘ladimi?
2). Vafotidan avval dadamga “o‘lsam qabr toshimni qo‘ying, buni hech kimga aytmang” deb pul ham berib qo‘ygan edi. Ammo dadam qabr toshi qo‘ya olmadi. Vafot etgan ayolni opasining o‘g‘illari qo‘yishibdi. Dadam pulni o‘lgan ayolni opasiga berolmadi. Sababi noto‘g‘ri tushunishib “pulni nega o‘limidan oldin dadamga bergan, qancha bergan, balki yarmini berayotgandur” deb o‘ylaydigan ayol edi Ammamiz ham bu pulni sir tutishini, hech kimga bermasligini aytgan edi. Bunga ancha yillar bo‘ldi, pul ham yo‘q bo‘lib ketdi. Bu ish uchun dadamga hech qanday gunoh bo‘lmaydimi? Agar gunoh bo‘lsa dadam uchun va o‘lgan ayol uchun Allohdan duo qilib mag‘firat qilishini so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). U kishi uchun Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rasangiz bo‘ladi. 2). Birovning haqqi har qanday holatda ham birovning haqqi hisoblanadi. Mo‘min bo‘lgan bo‘lsalar mag‘firat so‘rashingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar