Ramazon dasturxoni
Assalomu alaykum! Oldingi ramozon oyida 2 kishi orasida taxminan shu ko‘rinishda baxs bo‘ldi. 1-kishi nozu-ne’matlarga to‘la dasturxon yozib ko‘pchilikka iftorlik qilib berdi. 2-kishi esa iftorlik yakuniga etganda dasturxonni nozu ne’matlarga to‘ldirib yuboribsan dasturxonni sodda kilish kerak dedi. 1-dasturxon yozgan kishi azgina jaxilda sizlar qilayotgan harom dabdaba to‘ylarda va yangi yil dasturxonilarda man yozgan dasturxondagi taomlardan ancha ko‘p taom qo‘yasilar dedi. Bu erga yig‘ilganlar Alloh uchun ro‘za tutayotganlar va mexmonlarimdur agar imkoniyatim bo‘lganda bundan xam yaxshirok kutib olar edim dedi. Savolim shuki bu kishilarning qay biri exson qilib berilayotgan ramazon dasturxoni tayorlash odoblarini to‘g‘ri baholamokda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar qarz olgan, “qilmasam bo‘lmaydi” degan narsadan xoli shu ishni qilgan bo‘lsa, to‘g‘ri aytibdi. Undan qanchasini eyish yoki emaslik ro‘zadorning ixtiyori. Ibodatdagi xushu’-xuzu’ 2 darajada bo‘ladi. 1-farz, 2-mustahab. Farz darajadagi xushu’ qilinayotgan amal shariatga muvofiq bo‘lishi bilan birga riyo, xo‘jako‘rsin, qilmasam bo‘lmaydi, xalq tilidagi “avri(obro‘) uchun”, ujublardan holi bo‘lishi kerak. Amal shu darajada bo‘lmasa u qilingan amal savob o‘rniga azobga sabab bo‘ladi. Mustahab darajadagi xushu’ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Allohga xuddi Uni ko‘rib turganingdek, agar bu darajada bo‘lolmasang, U seni ko‘rib turganini xis qilib ibodat qilmog‘ing»dir degan hadislariga muvofiq amal qilishdir. Buning uchun biroz ulug‘larning suhbatida bo‘lish, riyozat chekish kerak bo‘ladi. Dasturxonga kelsak, ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar. 1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz. 2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz. 3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz. 4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas. Eb ichish, ziyofat ham shu qoidalar asosida bo‘lishi kerak. Chiranib o‘zida yo‘q narsani bordek qilib ko‘rsatishga harakat qilish shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar