Hidoyatga erishmoq

Assalomu alaykum! Quyidagi ma’noda hadis o‘qidim, «Alloh hidoyatga boshlaganni hech kim bu yo‘ldan qaytarolmaydi, Alloh hidoyat solmagan qalblarni hech kim to‘g‘ri yo‘lga boshlolmaydi» va Takvir surasining so‘ngi oyatidagi “sizlar faqat olamlar Parvordigori xohlasagina (to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishni) xohlarsiz” deyilgan. Bunday savol berish joizmi yo‘qmi bilmadim. Xato savol bergan bo‘lsam tavba qildim, Alloh O‘zi kechirsin. Savolim: to‘g‘ri yo‘lda yurish Alloh xohishi bilan bo‘lsa, biz Allohning xohishiga va hidoyatiga erishish uchun nimalar qilmog‘imiz kerak? Iltimos, shu mavzuni kengroq yoritib bersangizlar. Balki shunda, ichimda aytishni joiz topmagan, shu mavzuga oid boshqa savollarimga ham javob topa olarman. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol/41566

26 May 2022, 12:49 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar