Ibn Sino haqida

Assalomu alaykum! Men bir joyda o‘qib qoldim. Imom G‘azzoliy rohimahulloh aytgan ekan “3 narsaga ko‘ra ibn Sino kofirdir:1. Dunyo boqiy Allohga o‘xshagan oxiri yo‘q. 2. Alloh har narsani umumiy biladi, ikir chikirigacha mayda detallarigacha bilmaydi, mayda chuydasigacha bilmaydi. 3. Qyomatda qayta tirilishda tana qayta tirilmaydi. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U odam o‘lib ketgan. Rostdan ham u kishining e’tiqodi shundaymi yoki yo‘qligini bilishni hech ilojisi yo‘q. Qolaversa biz u kishini musulmon deyishimizdan javobgarlikka tutilmaymiz. Kofir deyishimizdan albatta so‘ralamiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 184 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar