Haramda vafot etsa

Assalomu alaykum! Agar inson haj yoki umraga borib o‘sha erda vafot topsa, unga beriladigan ajr  haqida malu’mot bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: "مَنْ خَرَجَ حَاجًّا فَمَاتَ كُتِبَ لَهُ أَجْرُ الْحَاجِّ إلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ خَرَجَ مُعْتَمِرًا فَمَاتَ كُتِبَ لَهُ أجر المعتمر إلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، ..." Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Kimki haj safariga chiqib vafot etsa, qiyomat kunigacha unga haj qilguvchining ajri yozilib turadi. Kimki, umra safariga chiqib vafot etsa, qiyomat kunigacha umra qilguvchining ajri unga yozilib turadi...” dedilar” (Abu Ya’lo rivoyati). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:50 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar