Shubhali taomni eyish

Assalomu alaykum! Uyga ba’zida kolbasa va shunga o‘xshash eguliklar olib kelinadi. Men ko‘p savollarning javobidan tekshirish degan xulosaga keldim. Lekin har doim turli firmalarning mahsuloti bo‘ladi. Shuning uchun tekshirishning iloji yo‘q. Ba’zida juda egim kelsa ham ichiga harom narsa solingan bo‘lsachi deb o‘zimni tiyaman. Lekin bilmayman u halolmi yo harommi? Shunday vaziyatlarda shu mahsulotni esam bo‘ladimi yoki eyish joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shubhalangan narsadan to‘xtash ham taqvo bo‘ladi. Emang. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq, xotirjamlik. Kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar