Savdolashish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men kafe va oshxonalarga non beraman. Albatta yangi kafega borganimda boshqa bir nonvoydan non olayotgan bo‘ladi va o‘z nonimni tavsiya qilaman, mening maxsulotim unga ma’qul kelsa mendan oladi.  Bu savdo ustiga savdolashish bo‘lib qolmaydimi?


«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

Va alaykum assalom! Bu savdo ustiga savdolashish hisoblanadi. Vallohu a’lam!



30 Aprel 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar