Salomlashishda kibr
Assalomu alaykum! Ba’zi odamlar salomlashayotganida negadir yuzini boshqa tomonga burib salomlashishadi. Bu holat odatda 5-6 ta kishilar bilan salomlashayotganlarda ko‘p uchraydi. Sizning yuzingizga qaramaydi ham. Balki buni o‘zlari sezmas, lekin yoqimsiz holat. Bu kibrga dalolat qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi sezgir bo‘lishi kerak. Har holatida o‘zgalarga ozor etmaydigan holatni tanlash kerak. Alloh taolo Qur’oni karimda sahoba roziyallohu anhumlarni : «... o‘zaro rahmdildirlar». Sahobai kiromlarning fazllarini zohir etish uchun keltirilgan ushbu sifat har bir mo‘minning ham sifati bo‘lishi lozim. Sahobalar o‘zlarining otalari yoki bolalari kofirlar safida bo‘lsa, ularga qarshi ham qattiqqo‘l bo‘lganlar. Ammo, kim bo‘lishidan qat’i nazar, musulmonga nisbatan mehribon bo‘lishgan. (“Tafsiri Hilol” kitobidan “Fath” surasi 29-oyat). وَقُل لِّعِبَادِي يَقُولُواْ الَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ الشَّيْطَانَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلإِنْسَانِ عَدُوًّا مُّبِينًا Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir. Mo‘min-musulmonlar doimo eng go‘zal va eng yaxshi, eng shirin gaplarni aytsinlar. Bu bilan ular yaxshi natijalarga erishadilar. Eng muhimi, shaytonning sharridin saqlanadilar. «Albatta, shayton oralarini buzib turadir». U bu ishda qabih, qo‘pol so‘zlarni, so‘kish va achchiq kalimalarni ishga soladi. Shu bilan mo‘minlar orasida nizo chiqaradi. Agar mo‘minlar doim eng go‘zal so‘zlarni ishlatsalar, bu nizolardan xoli bo‘ladilar. «Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir». U dushmanligini hech ham yashirmaydi. Shuning uchun inson doimo uning dushmanligidan saqlanib turishi kerak. (“Tafsiri Hilol” kitobidan “Isro” surasi 53-oyat). Ikki inson bir-biriga yo‘liqqanida shayton oraga tushadi va ikkovlaridan sodir bo‘layotgan ishlarni bir-biriga tahlil qildiradi. Biri past boshqasi baland gapirsa, past gapirganga : “Seni oldingda ovozini ko‘taradigan bo‘lib qolibdimi” deydi. Ikkinchisiga esa : “Seni mensimay beparvo gapirayaptimi” deydi. Tikroq gapirsa, “Puli ko‘payib qolibdimi” deb vasvasa qiladi. Shuning uchun Alloh taolo “Bandalarimga aytgin, ular yaxshi gaplarni gapirsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir” degan. Siz aytgan narsa kibr bo‘lishi ham, shaytonning vasvasasi ham bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush