Boshqa odamga ish qildirish

Assalomu alaykum! Bir tanishim chet elda mashina ustaxonasida ishlaydi. U erda avariya bo‘lgan mashinalarni remont qilishadi. Ularni kilentlari ko‘pligi sababli stoyankada remont qilinmagan mashinalari ko‘p turarkan. Yonidagi ustaxonada ish kamligi ishchilari bekor qolayotganligi sababli tanishimdan ish so‘rab turarkan. Olayotgan ishi qanchaga olingan bo‘lsa taxminan 10%ni tanishimga berarkan. O‘zlari rozi bo‘lgan xolda. Mashinani kilentga topshirish tanishimni bo‘ynida ekan. Tanishim u erga arenda to‘lab turarkan. Tanishim olayotgan puli xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinaning egalariga bog‘liq. Agar ular yonidagi ustaxona tuzatishligiga rozi bo‘lishmasa oladigan puli ham joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:15 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar