Mashina peregon qilish
Assalomu alaykum! Man avtosalonda ishliman. Avtosalonni viloyatli bir katta mijozi bor. Avtosalon mijozga uning viloyatigacha mashinalarni treylerda etkazib berishga kelishgan. Mijoz oyiga 200 talab mashinalar oladi. Treyler boshqa mijozlarga xam etkazib berishini inobatga osak tabiyki ushbu mijozga xamma mashinalarini o‘z vaqtida etkazib bera olmidi. Avtosalon esa vaqtida etkazib berish uchun xodimlarni jalb qilib mijozning viloyatiga peregon qilib berishadi. Mijoz bunga rozi lekin mashinani bosib o‘tgan yo‘lini xisoblovchi km datchikni o‘chirib olib keladigan. Uzoq masofa bosib o‘tilsa xam mashinani yurgan km 0 bo‘lib turadi va mijoz shu mashinalarni bozorda yurmagan dib sotadi yani aldab sotadi. Savolim shuki peregon kilib bergan xodimlar shuni bilib turib peregon qilib berganiga shu aldovga sherikmi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherik bo‘ladi albatta. Zotan o‘z qo‘li bilan o‘sha hisoblagichni orqaga qaytarar ekan-ku. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 09:58 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherik bo‘ladi albatta. Zotan o‘z qo‘li bilan o‘sha hisoblagichni orqaga qaytarar ekan-ku. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 09:58 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom