Tabib

Assalomu alaykum! Men bir tabibni oldiga bordim. U tomirimni ushlab, kasalimni aytdi. Giyohlar ham yozib berdi, lekin menga yoqmagani, u pichoq va tasbeh bilan qandaydir harakatlar qildi. Shunda “uni jinlar bilan aloqasi bor” deb shubhalanib qoldim. Savolim shuki men harom ish qilib qo‘ymadimmi? Men bilmagandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom ish qilib qo‘ymagansiz. Lekin borishdan oldin so‘rab olganingizda yaxshi bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 140 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar