Himmat

Assalomu alaykum! Himmat degani nima o‘zi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Himmat deb lug‘atda bir ishni qilishga bo‘lgan qasdga aytiladi. Himati oliy, himmati past degan so‘zlar ham shundan olingan. “Lisonul arab” kitobidan. Ba’zilar “Himmat, qalb bir narsaning talabiga qo‘zg‘alishi, qattiq e’tibor barishi va uni hosil qilishga xaris bo‘lishidir” deganlar. Jurjoniy o‘zining “Ta’lirifot” kitobida himmatning istilohiy ma’nosini bayon qilib : “U, insonning o‘zi yoki o‘zgalarga kamolot hosil qilishi uchun  qalbi va ruhoniy quvvatining Haq tarafiga yuzlanishidir” deganlar. Munoviy rahmatullohi alayh “Oliy himmat, kishi(oxiratda saodatga erishi uchun) dunyoda baaxtli yoki baxtsiz ekanligiga e’tiborini ham qaratmasligidir”deganlar. Ba’zilar “Himmat muqaddas narsa hisoblanib, u qanchalik pokiza va yuqori bo‘lsa, uning ortidan keladigan barcha narsalar ham shunga qarab bo‘ladi” deganlar. عَنْ طَلْحَةَ بْنِ كَرِيزٍ الْخُزَاعِيِّ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى يُحِبُّ مَعَالِيَ الأُمُورِ وَيَكْرَهُ سَفَاسِفَهَا " Tolha ibn Kariz Xuzoiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Alloh taolo ishlarni eng oliylarini xush ko‘rib, safsatalarini kareh ko‘radi" deganlar. Bayhaqiy rivoyati. Ushbu hadisga binoan, Alloh taolo ishlarni oliylariga harakat qiluvchilarni yaxshi ko‘radi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 206 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar