Dinda suhbat
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savollarimga javob berayotganingiz uchun katta rahmat. Alloh sizlarni mukofotlasin. Men bir odam bilan din haqida ancha suhbatlashib o‘tirsam, ertasi kuni jinlar menga xujum qilishadi. Buni aniq sezaman. Bozorga kirsam orqamdan turtadi, yoki o‘sha kuni kechasi yomon tushlar ko‘raman. Boshida qo‘rqardim, keyin qo‘rqmaydigan bo‘lib ketdim. Nega shunday bo‘ladi?
2). “Moida” surasi 60-oyatda “Alloh la’natlagan, g‘azab qilgan ulardan ba’zilarini maymun va cho‘chqalarga aylantirgan, hamda shaytonga ibodat qilgandir” deyilgan. Shu surani o‘qib o‘sha aylanganlar hozirda ko‘payib, yashab kelayotgan cho‘chqa va maymunlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Insonlardagi kabi jinlarda ham dindan, taqvodan gapirsangiz ensasi qotib, yoki g‘ashi kelib gapingizni tezroq tugatishingizni xohlaydiganlari bor. Shuningdek insonlardagi kabi qiynalib qolsangiz yordamga shoshiladigan, ibodatga uyg‘otadiganlari ham bor. 2). Ular emas. Qur’onda zikr qilingan maymunga aylangan qavm qirilib ketgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 162 | Ruhiy tarbiya