Jahl ustuda aytilgan nojo‘ya gap

Assalomu alaykum! Agar musulmon kishi jahl ustuda ikkinchi musulmon kishiga “Sen dayussan” desa, shu gapni aytgan musulmon kishiga hukm qanaqa bo‘ladi?
Muqaddas ziyoratgoxlarga borib qolsangiz (Xorazm viloyati, Qoraqolpoq Respublikasi tomonlarda) ayol kishilarning shag‘am yoqib yurganini yoki daraxt va toshlarga matolar bog‘lab yurganini uchratib qolasiz, bu kabi aqidalar to‘g‘rimi? Agar bu xato bo‘lsa, shu erlarda xizmat qilayotgan din peshvolari bu kabi holatlarga nega e’tiborsiz bo‘lib qolmoqdalar? Bu holatlarni to‘g‘irlashning iloji bormi? Oldindan katta raxmat, Alloh Sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ وَاصِلٍ الْأَحْدَبِ، عَنِ الْمَعْرُورِ قَالَ: لَقِيتُ أَبَا ذَرٍّ بِالرَّبَذَةِ، وَعَلَيْهِ حُلَّةٌ، وَعَلَى غُلَامِهِ حُلَّةٌ، فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: إِنِّي سَابَبْتُ رَجُلًا، فَعَيَّرْتُهُ بِأُمِّهِ، فَقَالَ لِيِ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «يَا أَبَا ذَرٍّ، أَعَيَّرْتَهُ بِأُمِّهِ، إِنَّكَ امْرُؤٌ فِيكَ جَاهِلِيَّةٌ، إِخْوَانُكُمْ خَوَلُكُمْ، جَعَلَهُمُ اللهُ تَحْتَ أَيْدِيكُمْ، فَمَنْ كَانَ أَخُوهُ تَحْتَ يَدِهِ فَلْيُطْعِمْهُ مِمَّا يَأْكُلُ، وَلْيُلْبِسْهُ مِمَّا يَلْبَسُ، وَلَا تُكَلِّفُوهُمْ مَا يَغْلِبُهُمْ، فَإِنْ كَلَّفْتُمُوهُمْ فَأَعِينُوهُمْ». Ma’rurdan rivoyat qilinadi: «Rabazada* Abu Zarrni uchratdim. Uning egnida (bir bo‘lak) hulla, g‘ulomining egnida ham (bir bo‘lak) hulla* bor edi. Undan bu haqda so‘radim. Shunda u: «Men bir kishi bilan so‘kishib ketib, uni onasi bilan ayblagan edim, Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Abu Zarr, uni onasi bilan aybladingmi? Johiliyati bor kishi ekansan! Qullaringiz birodarlaringizdir. Alloh ularni qo‘l ostingizda qilib qo‘ygan. Demak, kimning birodari uning qo‘l ostida bo‘lsa, eganidan unga ham edirsin, kiyganidan unga ham kiydirsin. Ularga kuchi etmaydigan narsani yuklamang, bordiyu yuklasangiz, ularga yordam bering», dedilar». * Rabaza – Tabuk yaqinidagi joyning nomi. * Hulla – boshqa xalqlarda bir xil matodan tikilgan pidjak va shimdan iborat kiyimlar to‘plamini «kostyum» deyilgani kabi arablarda rido va izordan (ustki va pastki libosdan) iborat kiyim «hulla» deyiladi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Boshqa bir rivoyatda : “Abu Zarr roziyallohu anhu yig‘lab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib o‘tirdilar va : “Ey Allohning rasuli men uchun Allohdan mag‘firat so‘rasangiz” dedi. So‘ng yig‘lagan holda masjiddan chiqdi. Bilol piyoda yurib kelayotgan edi Abu Zarr boshini Bilolning yo‘liga tashladi va chakkasini tuproqqa qo‘yib, “Allohga qasam ey Bilol to oyog‘ing bilan chakkamni tepalamaguningcha uni tuproqdan ko‘tarmayman. Sen karimsan, men xorman” dedi. Shunda Bilol yig‘lay boshladi, so‘ng unga yaqin kelib chakkasidan o‘pdi so‘ng ikkisi turib bir-birini quchoqladi va yig‘lashdi” deyilgan. 2). O‘sha joydagi siz aytgan hli ilmlar ham harakat qilishyapti. Sekin asta tuzaladi. Har birimiz avvalo o‘zimiz amalni boshlasak, juda tez islohga erishamiz. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/24510

28 Aprel 2022, 13:43 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar